Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov Ukraina qurolli kuçlari Şebekino okrugi Maslova Pristan posyolkasida avtoyöl uçastkasini öqqa tutişi oqibatida ikki ayol halok bölganini ma’lum qildi. 

Uning sözlariga köra, snaryad oskolkalari yöldan ötayotgan avtomobillarga sançilgan, ulardan birida ikki ayol ketayotgan bölgan. Olingan jarohatlar oqibatida ular voqea joyida vafot etgan. 

«Ikkinçi maşinadagi ikki kişi jabrlangan. Erkaklardan birining kökrak qafasida, ikkinçisida — oyoq qismida oskolkadan jarohatlar aniqlangan. Ular oğir ahvolda 2-raqamli şahar şifoxonasiga olib borilgan, barça zarur tibbiy yordamlar körsatilmoqda», — deya yozgan Gladkov öz telegram-kanalida.

Gubernator şuningdek, Volokonovo rayonidagi  Tişanka qişloği ham stvolli artilleriyadan öqqa tutilganini ma’lum qilgan. Bu yerda ikki uyning oynalari tökilib tuşgan, markaziy gaz ötkaziş quvuri va elektr uzatiş liniyalari şikastlangan.  Valuyskiy okrugi Leonovka xutori ham zarba ostida qolgan. Bu yerda jabrlanganlar yöq, qişloq xöjaligi korxonasining ğalla saqlanadigan ombori şikastlangan. 

Belgorod oblasti gubernatorining aytişiça, sönggi bir kun davomida Şebekino okrugi böylab 850 ta snaryad uçirilgan.

Uning sönggi ma’lumotlariga köra, çegara hududlar öqqa tutilişi oqibatida jami 16 kişi yaralangan. 

  • 1 iyun kuni Gladkov Şebekino muntazam ravişda öqqa tutilayotgani, şaharga «Grad» baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan ham zarbalar yöllanayotganini ma’lum qilgandi. Natijada yotoqxona binosi yonib ketgan, uning yonidagi ma’muriyat binosi şikastlangan. Bundan biroz avvalroq Ukraina tomonida turib jang qilayotgan «Rossiya köngillilar korpusi» va «Rossiyaga ozodlik» legioni Belgorod oblastida yangi reyd boşlaganini xabar qilgandi. RF mudofaa vazirligi esa region hududiga «kirib kelişning oldi olingani» haqida ma’lum qilgan.