Özi nima gap?

Germaniyaga şengen viza oliş uçun elçixona bilan uçraşuv belgilaş faqatgina Visametric viza markazi orqali onlayn amalga oşiriladi. Visametric viza arizalarini qabul qiliş uçun Germaniya tomonidan ruxsat berilgan yagona xizmat körsatuvçi hisoblanadi.

Kun.uz'ga murojaat qilgan bir neçta özbekistonliklarning aytişiça, Visametric taşkiloti orqali şengen vizasi masalalarida elçixona bilan uçraşuv belgilaş jarayonida tösiqlar yuzaga kelyapti.

“Visametric'ning Özbekistondagi vakolatxonasi Germaniya va Şvetsiya davlatlariga viza topşiriş uçun hujjatlarni qabul qiladi. Muammo ikkala mamlakatga ham taalluqli. Lekin Germaniyaga borişga ehtiyojmandlar soni Şvetsiyaga boruvçilardan ança köp, şuning uçun Germaniyadagi va Özbekistondan Germaniyaga kelmoqçi bölayotgan Özbekiston fuqarolari muammoga yeçim topişga astoydil kirişgan. Vatandoşlarimiz 2021 yilning yarmidan boşlab muammoga jiddiy röbaro‘ böla boşlaşdi.

Visametric saytiga kirganda arizaçiga böş sana borasida aniq ma’lumot berilmaydi. Onda-sonda paydo bölib qolgan böş sanalarni egallaşga harakat qilinganda, tizim harakatsiz holda qotib qoladi”, – deydi biz bilan suhbatda murojaatçilardan biri.

Germaniyadagi özbekistonliklarning aytişiça, avvaliga GFRning Toşkentdagi elçixonasi Visametric orqali navbat olişning imkoniyati bölmasa, töğridan töğri elçixonaga murojaat qiliş mumkinligini bildirgan.

“Ammo hozir elçixonaga murojaat qilib, joy band qilişning ham imkoni yöq. Avval Andijon va Buxoro şaharlarida Visametric ofisi bor edi, hozir negadir ular yopilgan. Bu filiallar işlaganda navbat olişda muammo yöq edi, uzoği bilan kelasi 2-3 haftaga imkonli bölgan”, – deydi yana bir murojaatçi.

Elçixona va Visametric sayti orqali joy band qilişning imkoni bölmagani sababli odamlar turfirmalar orqali navbat olişga töğri kelayotganini aytyapti.

“Turfirmalar siz uçun elçixonaga suhbatga kirişga sana band qilib beradi, bu bir kişi uçun 200 dollar atrofida. Visametric orqali joy band qiliş bepul edi. Bepul xizmatdan foydalaniş murakkabligi va ba’zida umuman imkonsizligi uçun turfirmalar xizmatidan foydalanişga majbur bölyapmiz”.

Ötgan oyda bir guruh özbekistonliklar nemis elçisi Tilo Klinner nomiga muammoni bartaraf etişni sörab xat yozişgan, ammo hamon javob kelmagani aytilyapti.