Rossiyaning «Kinjal» raketasi: uni «Patriot» urib tuşira oladimi?
|00:08 / 12.06.202330 55426 min
«Kinjal» raketasi va «Patriot» ZRK qarama-qarşiligi sönggi paytlarda harbiy mutaxassislar va ekspertlar muhokamasi mavzusiga aylangan. «Kinjal» haqida yaqin-yaqingaça rus propagandasi oşkor qilgan ma’lumotlardan boşqa narsa yöq edi. Endi esa oçiq manbalardagi ma’lumotlar ayrim xulosalar çiqariş mumkin.
Ilk marta Rossiya jangovar harakatlarda «Kinjal»dan 2022 yilning martida foydalangan, deb hisoblanadi. Öşanda RF mudofaa vazirligi raketa «Ivano-Frankivsk oblastining Delyatin aholi punktida Ukraina qöşinlarining raketalar va aviatsiya öq-dorilarining yirik yer osti ombori»ni aniq nişonga olganini ta’kidlab çiqqandi. Lekin, Rossiya MVning versiyasi ayrim şarhlovçilarda şubha uyğotgan edi.
2022 yilning 9 mayida Ukrainaning «Janub» qömondonligi Odessa oblasti Tu-22M3 bombardimonçi samolyotlaridan uçirilgan uçta «Kinjal» raketalari bilan öqqa tutilganini xabar berdi. Rossiya MV buni izohlamadi. «Kinjal» bilan navbatdagi nişonga oliş 2022 yilning avgustida, bu marta Vinnitsya oblastida röy berdi. Öşanda ham faqat ukrain manbalari buni xabar bergan.
Bularning barçasi alohida uçirişlar edi. 2023 yilning mayida Rossiya «Kinjal»dan tizimliroq foydalana boşladi. Bu uçirişdan közlangan maqsad bitta — «Patriot» komplekslari bölib, ular umumiy niyatga ega.
Ukraina QK 8 may kuni tört kun avval, ya’ni 4 may kuni Kiyev şahri uzra Rossiyaning «Kinjal» raketasi tutib yöq qilinganini aytib çiqdi. Kiyev meri Vitaliy urib tuşirilgan raketa bölaklaridan birini namoyiş etdi. Internetda esa bu bölaklar «Kinjal»ga tegişlimi yoki Rossiyaning boşqa aviatsiya qurollaridan birigami, degan munozara kelib çiqdi.
Oradan bir neça kun ötib, 16 may kuni Rossiya havo, dengiz va yerdan turib Kiyevga yana yopirilma raketa zarbasi berdi, hujumda Erondan olingan Shahed-136 va 131 dronlari ham iştirok etdi. Kiyev tomon uçirilgan raketalar orasida olti dona «Kinjal» ham bölgan va ukrainalik harbiylarga köra, ularning barçasi urib tuşirilgan.
4 may kuni urib tuşirilgan «Kinjal»ning bölaklari jurnalistlarga namoyiş etildi. Foto: Reuters
Rossiya esa bunga javoban «Kinjal» vositasida «Patriot» ZRKning bir neçta tarkibiy qismlari yöq qilinganini aytib çiqdi. «Işonçli va tasdiqlangan ma’lumotlarga köra, 16 may kuni «Kinjal» hipertovuşli raketa kompleksi bilan Kiyevda kup funksiyali Radiolokatsion stansiya, şuningdek AQŞda işlab çiqarilgan «Patriot» zenit-raketa kompleksining beşta uçiriş qurilmasi aniq nişonga olingan va töliq yöq qilingan»,
Mavzuga oid
— RF MVning rasmiy xabarnomasida oltita nişon yöq qilingani aytilgan, bu ham aynan şu miqdordagi raketalardan foydalanganlikni bilvosita tasdiqlaydi.
Raketa hujumlarini qaytariş asnosida «Patriot» kompleksining «yöq qilingani» emas, «biroz zararlangani»ni AQŞ Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Sabrina Singh ham tasdiqladi.
«Kinjal» raketasining xususiyatlari, uning qurilmasining alohida farqli tomonlari, undan foydalaniş va uni tutib oliş imkoniyatlari haqidagi bahslar Internetda hamon davom etmoqda va BBC uşbu voqealar fonida eng köp yangrayotgan savollarning ayrimlariga javob topişga harakat qildi.
«Kinjal» raketasi xarakteristikalarini baholaşdagi murakkabliklar şundaki, undan jangda foydalanilganini ham Rossiya, ham Ukraina tasdiqlaganiga qaramasdan, bu zarbalarning tafsilotlarini vakolatli manbalar e’lon qilişmagan.
«Kinjal» nima özi?
«Kinjal» raketasi Rossiyaning «Iskander» operativ-taktik kompleksi ballistik raketasi bazasida yasalgan. Buni «Kinjal»ning 9M723 «Iskander» raketasiga taşqi körinişidan öxşab ketişi ham isbotlab turibdi.
Bundan taşqari, 2021 yilda RF Mudofaa vazirligi maşinasozlik konstruktorlik byurosi (MKB) bilan «Kinjal»larni xarid qiliş böyiça şartnoma tuzilganini e’lon qildi. Aynan şu korxona «Iskander»larni işlab çiqaradi.
Bu muhim holat, çunki «Kinjal»ning tuzilişi va xarakteristikasi faqat Rossiya OAV bayonotlaridan ma’lum, şunda ham juda noçor. Şu sababli, uni köpinça 9M723 raketasining texnik tavsifiga qarab baholaşadi.
«Kinjal»ning ayrim tavsiflari sovetlarning havodan uçiriladigan sönggi raketalaridaan biri X-15 bilan bilan öxşaş. U ham samolyotdan uçirilgan va ballistik trayektoriya böyiça möljalni urgan. Bu buyumning farqli jihati — u faqat 300 km masofaga uça oladi va bu hol uni taşuvçi samolyot uçun xavfli, çunki uçoq duşmanning HHM tizimi harakati zonasiga tuşib qolişi mumkin. X-15 avval boşdan yadroviy kallakli qism uçun möljallangan, lekin uning boşqa modifikatsiyalari, jumladan, kemalarga qarşi raketalar ham işlab çiqarilgan.
X-15 unçalik katta bölmagan tezlikda, maksimum 5 Max’gaça tezlaşib uça olgan, taşqi körinişi ham «Kinjal»ga u qadar öxşamagan. Uni butunlay boşqa taşkilot — «Raduga» konstruktorlik byurosi işlab çiqqan.
Lekin, nima bölganda ham X-15’ni yaratişda foydalanilgan texnologiyalar «Kinjal»ni yaratişda ham joriy etilgan bölişi ehtimoli yuqori.
Aeroballistik raketa özi nima?
Harbiy raketalar qanotli va ballistik böladi. Qanotli raketa xuddi samolyot singari uçadi — havoda uni qanotlari tutib turadi.
Ballistik raketalar xuddi osmonga otilgan toş kabi uçadi. U inersiya tufayli harakatlanadi, toki şamolning qarşilişi va Yerning tortiş kuçi uni töxtatib, pastga qarab yönaltirmagunça. Ballistik raketa dvigateli işlab turgan paytgaça yuqoriga kötariladi va şundan söng nişonga qarab pastga şönğiy boşlaydi. Bunday trayektoriya ballistik trayektoriya deb ataladi.
Oddiy ballistik raketani tutib yöq qiliş oson, çunki uning trayektoriyasini hisoblaş mumkin, garçi zamonaviy ballistik raketalar aerodinamik rullar yordamida manyovr qila oladigan qilib yasalmoqda, lekin bunday manyovrlar ularni sönggi avloddagi zenit raketalaridan asray olmaydi.
Aeroballistik raketaning ballistik raketadan farqi şundaki, katta tezlikda uning korpusining özi havo oqimlari hamda yuqori va past ziçlik hududlar hisobiga kötaruvçi kuç hosil qiladi.
«Kinjal» kompleks deb ataladi, çunki raketa va taşuvçi samolyotdan iborat. FOTO: airwar.ru
Şunday qilib qanotsiz aeroballistik raketa oddiy ballistik raketaga nisbatan ança qiya trayektoriya böylab uça olişi mumkin. U atmosferaning ziç qatlamlarida manyovr ham qila oladi, nafaqat raketaga qarşi tizimlarga çap beriş, şuningdek özining fazodagi holatini tahrirlab, parvozda davom etiş uçun ham.
Ballistik raketalar ham, aeroballistik raketalar ham parvozining sönggi bosqiçida nişonga tik kelib uriladi. Bunga sabab — HHM işini qiyinlaştiriş. Havo böşliğini kuzatib turgan radarlarning ölik voronka deb ataluvçi xislati — radarning qoq tepasidagi özi körolmaydigan zonasi böladi. Bu yerda uçayotgan obektlarni radar yo butunlay körmaydi yoki yaxşi kuzata olmaydi.
«Kinjal» esa RF Mudofaa vazirligining bayonotlariga köra, şuningdek uning nişonni urişi tasvirlangan kadrlarga köra, çindan ham tik kelib uriladi.
Rossiyada «Kinjal»ni raketa emas, kompleks deb ataşadi, çunki uni taşib yuruvçi MiG-31K samolyoti nihoyatda muhim qismi. U raketani 15 km balandlikka kötarib, eng maksimal tezligi — 3 ming km/soatga erişgaç, raketani uçiradi. Samolyot bu örinda raketaning birinçi bosqiçi vazifasini ham bajaradi.
Havodan uçiriş raketaga köp yonilği sarflamasdan tezda tezlikka erişiş imkonini beradi, çunki birinçidan, u samolyotga biriktirilgan holida allaqaçon katta tezlikda uçayotgan böladi, ikkinçidan, yerdan uçirilgan raketalardan farqli ölaroq, unga atmosferaning ziç qatlamlarini yorib ötiş şart emas.
Şundan söng «Kinjal» 20 km balandlikkaça kötariladi va hipertovuşli tezlikka erişadi. Atmosferaning ziç qatlamlarini yorib qaytib tuşayotganida u manyovr qiladi, yerga 90 gradusga yaqin burçakda kelib uriladi.
Jangovar qismi
Ukraina hukumati ta’kidiga köra, 4 may kuni Kiyev uzra ilk «Kinjal» raketasi tutib olingaç, Kiyev meri Vitaliy Kliçko «Kinjal» raketasining bölaklaridan biri deb atalgan qandaydir buyumni ommaga namoyiş etdi.
Avvaliga köplab şarhlovçilar u Rossiya televideniyesi tomonidan körsatilgan raketaga u qadar öxşamasligini ta’kidlab ötişdi. Keyin Kliçko tomonidan körsatilgan obekt raketaning korpusi içida joylaşgan teşib ötuvçi jangovar qismi bölişi mumkligi haqida taxmin ilgari surildi.
Kiyev meri Vitaliy Kliçko mutaxassislar tomonidan «Kinjal»ning jangovar qismi deb atalgan narsani körsatdi. Foto: Reuters
Obekt yirik, devorlari qalin jangovar öq-doridek körinadi. Şakli BetAB 500ŞP beton teşuvçi bombani eslatib yuboradi, lekin ular orasida ayrim taşqi farqlar bor. Bunday bomba bunkerlarning, jumladan, yer ostidagi bunkerlarning qalin beton devorlarini teşib ötişi kerak, şuning uçun u devorlari qalin mustahkam korpusga ega.
«Kinjal» aynan qanday jangovar qismga ega ekanligi haqida rasman ma’lumotlar yöq. Biroq, bilvosita belgilarga köra, u bemalol teşib ötuvçi fugasli jangovar qism bilan ta’minlanişi mumkin.
Birinçidan, RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu 2022 yilda raketa allaqanday «teşib ötuvçi...» xususiyatlarga deya gap boşlab, gapini oxirigaça yetkazmagandi, biroq, u raketaning teşib ötuvçi sifati yoki qobiliyatini nazarda tutgan bölişi mumkin.
Ikkinçidan, «Iskander-E» kompleksining 9M723 raketasi teşib ötuvçi jangovar qism bilan ta’minlangan. Bu haqda Maşinasozlik konstruktorlik byurosi rasmiy saytida aytilgan. Bu sahifa hozir öçirib yuborilgan, biroq nusxasi arxivda saqlanmoqda.
Bundan taşqari, OAV va boşqa internet manbalarda «Kinjal» ham xuddi «Iskander» singari yadroviy jangovar qism bilan ta’minlanişi mumkinligi haqida miş-mişlar aylanmoqda. Rasman bu tasdiqlanmagan.
Teşib ötuvçi fugasli jangovar qismdan foydalaniş mantiqli, çunki bunday raketa, rossiyalik harbiylar, jumladan mudofaa vaziri Şoyguga köra, alohida muhim obektlarni yöq qiliş uçun möljallangan. Bunday obektlar esa köpinçi yer ostiga berkitilgan va yaxşi himoyalangan böladi.
Kliçko körsatgan obektning devorlari qalin va bir joyida yoriq borligi yirik planda körinib turibdi. Foto: Getty Images
2022 yil martida Ivano-Frankivsk oblastidagi nişonga muvaffaqiyatli zarba berilganini e’lon qila turib, RF mudofaa vazirligi «Ukraina qöşinlarining raketa va aviatsiya öq-dorilari saqlanayotgan yirik yer osti ombori yöq qilingan»nini qayd etgan edi. Yer osti omborini yöq qiliş uçun aynan teşib ötuvçi jangovar qism kerak böladi.
Agar «Kinjal»ning taşqi körinişi 9M723 raketasi bilan öxşaşligi e’tiborga olinsa, unga boşqa — oskolkali va oskolka-fugasli jangovar qismlar ham örnatiş mumkinligini taxmin qiliş mumkin. Lekin bu rasman tasdiqlanmagan.
«Kinjal» çindan ham hipertovuşlimi?
Bu savolga qisqa qilib, «ha» deb javob beriş mumkin, garçi bu borada ham bahs-munozaralar köp bölsa-da. Gap şundaki, xalqaro miqyosda «hipertovuşli qurol» deya barça tomonidan tan olgan tuşunçaning özi yöq.
Masalan, AQŞ Kongressining tadqiqot markazining 2023 yil fevralidagi dokladida hipertovuşli tezlikda uça oladigan va bu holda manyovrlar qila oladigan apparatlar hipertovuşli apparat deb atalaşi yozilgan.
«Kinjal» bu ikki şartga javob bera oladi. Hipertovuşli tezlik deganda tovuş tezligining 5 barobaridan ziyod tezlik nazarda tutiladi. «Kinjal» esa taktik texnik tavsiflarga köra, parvoz jarayonida 10 Max tezlikka erişa oladi. (Taqqoslaş uçun: reaktiv dvigatelli oddiy yölovçi samolyotlarning tezligi 0,8–1 Max atrofida böladi)
Max soni nimani bildiradi?
Max soni tovuşdan tezuçar va hipertovuşli uçar apparatlar tezligini ölçaş uçun işlatiladi. Bu havo oqimining uçar apparatga nisbatan tezligining şu nuqtadagi tovuş tezligiga nisbatini bildiradi.
Ya’ni, apparat tovuş tezligidan qançalik tez uçayotganini bildiradi. Faqat muhim farq bor: tovuş tezligi ayni paytda uşbu obekt harakatlanayotgan havoning fizik xossalariga töğri kelişi kerak.
Yer sirtida 20 daraja issiqlikdagi havoda tovuşning tezligi soniyasiga 343 metrni taşkil etadi (1234 km/soat).
Ideal şaroitda Max’larda tezlikni ölçaşda atmosfera bosimi, harorat va namlik hisobga olinişi kerak, çunki ular tovuş tölqinlari tarqalişiga ta’sir körsatadi. Lekin, odatda har bir balandlik uçun ma’lum bölgan atmosfera bosimi hisobga olinadi.
«Kinjal» parvozi davomida 20 km balandlikka çiqib, 10 Max tezlikka erişa oladi, deb hisoblanadi. 20 ming metr balandlikda havo harorati Tselsiy şkalasi böyiça –50 daraja, bu taxminan 11000 km/soat degani.
Raketa gorizontal uçib, nişonga tik uriliş asnosida atmosferaning ziç qatlamlariga kirganda uning tezligi pasayişi aniq. Lekin nişonga uriliş uçun qanday tezlikda kelişi haqida aniq ma’lumotlar yöq.
Tezlikni hisob-kitob qilişda Yer sirtiga yaqin tovuşning tezligi kattaroq ekanini ham hisobga oliş kerak, binobarin, apparatning Max’da körsatilgan tezligi ham farqlanadi.
Masalan, havo harorati +10 daraja bölgan 1 km balandlikdagi 11 000 km/soat tezlik Max’da 9 böladi.
RF mudofaa vazirligi «Kinjal» parvoz davomida manyovr qilişini ta’kidlaydi, şuning uçun u formal jihatdan AQŞ Kongress tadqiqot markazining aniqlaştirmasida tilga olingan ikkinçi şartga ham javob beradi.
Raketada çindan ham aerodinamik rullar — quyruq qismida kiçik qanotçalar bor, ular burilib, raketani kerakli yönalişga boşqaradi. Unda olov çiquvçi tekislik içida gaz oqimini boşqarib, manyovrlar qilişga yordam beruvçi gazodinamik rullar bölişi ham ehtimolli.
Biroq, «Kinjal» — hipertovuşli qurol degan ta’kidga hamma ham rozi emas. Amerikaning Vest-Poynt harbiy akadamiyasidagi zamonaviy uruşni örganiş instituti hipertovuşli qurolga boşqaçaroq ta’rif bergan. U yerdagilar fikriça, hipertovuşli apparat uzoq radiusda harakat qila olişi, havo-reaktiv dvigateldan foydalanişi, 5 Max tezlikdan tezroq harakatlanib, manyovrlarni amalga oşira olişi kerak.
Bu ta’rifga «Kinjal» mos kelmaydi — çunki unda havo-reaktiv emas, raketali dvigatel bor.
Lekin bu ta’rifga hipertovuşli boşqa uçar apparatlar — tezlaşib oliş uçun ballistik raketadan foydalanuvçi, söngra atomosferada erkin uçib, nişon sari manyovrlar amalga oşiruvçi planerlar ham töğri kelmaydi. Ularni an’anaga köra hipertovuşli qurollar sirasiga kiritib kelişgan, bunga heç kim şubha qilmagan.
AQŞ köproq hipertovuşli planerlar va töğri oqimli dvigatelga ega qanotli raketalar işlab çiqarişga, Rossiya esa raketa dvigatelli va hipertovuşli planerlarga ega apparatlar işlab çiqarişga diqqat qaratadi.
Hipertovuşli töğri oqimli dvigatelga ega qanotli raketa xuddi hipertovuşli planer singari birinçi navbatda atmosferaning eiç qatlamlarida harakatlanişi tufayli texnologik jihatdan murakkab apparatlar hisoblanadi. Bunday tezliklarda apparatni silab ötayotgan havo oqimining xossalari keskin farqlanadi. Muammolardan biri havoning yuqori haroratlargaça — Tselsiy şkalasi böyiça bir neça ming darajagaça qizişi.
«Kinjal» raketasi taşqi körinişi bilan «Iskander» ballistik raketasini eslatib yuboradi. Foto: EPA
Şu sababli atmosferaning ziç qatlamlarida hiptertovuşli tezlikni uzoq uşlab turgan apparatlar issiqlikka çidamli va şunçaki çidamli materiallardan yasalişi kerak. Bundan ham qiyini — töğri oqimli havo-reaktiv dvigatelini yaratiş.
«Kinjal» köplab texnologik muammolardan xoli, çunki u oddiy raketa dvigatelidan foydalanadi va parvozining katta qismini atmosferaning siyrak qatlamlarida ötkazadi — ziç qatlamlarga u trayektoriyasining final qismida yorib kiradi.
Köplab mutaxassislarning hisoblaşiça, bu holatda uning tezligi keskin kamayadi, konstruktorlar uçun ham şunisi ma’qul: ular uzoq vaqt hipertovuşli parvoz uçun konstruksiya yaratişdan xalos bölişgan. Ammo bu holatda u özining asosiy sifati — yuqori tezlikni yöqotadi.
«Kinjal»dan taşqari ballistik raketalarning jangovar kallaklari, «Iskander» kabi ballistik raketalarning özi ham hipertovuşli tezlikka erişişi mumkin. Nişon sari yönalar ekan, uning ballistik raketasi 5 Max tezlikdan ham oşişi mumkin. Biroq, odatda, bunday raketalar hipertovuşli raketa deb atalmaydi.
Nega «Kinjal»ni urib tuşiriş qiyin?
«Kinjal»ning asosiy xossasi uning tezligi bölib, uni aniqlab, tutib oliş uçun raketa uçirişga vaqt juda kam qoladi.
Biroq uning bu xossasi u ortilgan MiG-31K samolyoti radarlarda körinişi bilan muvozanatlaşadi, uning «radiolokatsion portreti», ya’ni har xil kuzatuv tizimlari bilan izlab topiş mumkin bölgan turli xossalari jamlanmasi ma’lum bölib turadi. Şunday qilib, raketa uçirilgan tomondan uning yönalişini avvaldan bilib turiş ehtimoli mavjud.
Rossiya harbiylari ta’kidlaşiça, «Kinjal» raketasi parvozning turli bosqiçlarida manyovr qilişi mumkin, bu ham uni tutib olişni juda qiyinlaştiradi. Birinçidan, bu xossasini parvoz trayektoriyasini aniq hisoblaşga xalaqit beradi, ikkinçidan, tutuvçi raketa manyovr qilayotgan nişonni borib urişi uçun yanada kuçliroq zöriqiş bilan manyovr qilişi kerak.
Biroq, har qanday manyovr, ayniqsa u hipertovuşli tezlikda qilinsa, yoki balandlik, yoki tezlik yöqotilişiga olib keladi. Bu esa bunday qurollarning asosiy fazilati. Şu sababli hipertovuşli raketalar konstruktorlari nima muhimroq ekanini tanlaşlari kerak.
«Kinjal» parvozning boşlanğiç bosqiçlarida yoki nişonga yaqinlaşayotgan çoğda manyovr qilişi haqida işonarli ma’lumotlar yöq. Patriot ZRKning PAC 3 oilasiga mansub zamonaviy tutuvçi raketalar manyovr qilayotgan ballistik raketalarni urib tuşirişga qodir, lekin bu yerda asosiy tösiq baribir tezlik bölib qoladi — hipertovuşli nişonning parvoz trayektoriyasini nafaqat aniq, juda tez hisoblaş ham talab etiladi.
«Kinjal»ni tutişning yana bir muammoli jihati u soxta nişonlardan ham foydalana oliş ehtimoli. Nima bölganda ham, «Iskander» kompleksining 9M723 raketasi soxta nişonlardan foydalanadi. Xarkiv şahri 2022 yilning 18 iyunida «Iskander» kompleksi raketalaridan öqqa tutilgaç, bunday soxta nişonlar yerda topilgan edi.
Ular 9B899 deb ataladi va yarim metr uzunlikka ega ola-çipor silindrlardan iborat. Stavropoldagi «Signal» zavodining saytida yozilişiça, şunday nomdagi buyumni ular 2008 yildan boşlab şu korxonada seriyali işlab çiqara boşlaşgan.
Soxta nişonlar qanday işlaşi haqidagi işonçli ma’lumotlar yöq. Ehtimol, ular radioşovqin yaratişar, şu yöl bilan yerdagi stansiyalardan uçiriladigan tutib oluvçi raketalarga qarşi radioelektron kuraş vositasi hisoblanar.
Yana bir versiyaga köra, ular özidan issiqlik çiqaradi, hipertovuşli raketa atmosferada juda qizib ketgani sababli, soxta nişonlar infraqizil spektrda uning topilişini qiyinlaştiradi. Garçi ularning ölçami raketa ölçamidan kiçikroq bölsa ham, ular ham radarlarda çalğituvçi köriniş beradi.
Nihoyat, «Kinjal» raketasi nişonga deyarli tik uçib kelib uradi, bu ham uning tutilişini qiyinlaştiradi. Yuqorida zikr etilganidek, HHM tizimlari radarlarida ölik voronka — tepasida nişon yo umuman körinmaydigan yoki juda yomon körinadigan konussimon zona böladi.
Patriot «Kinjal»ni urib tuşira olganmi?
Patriot kompleksining eng zamonaviy radari AN/MPQ-65’ning axtariş burçagi nişonni kuzatiş rejimida 90 gradusga teng, ya’ni u öz ustida turgan raketani ham kuzata olişi kerak. Biroq, bir neçta raketa kiçikrok burçak ostida yönalgan bölsa, ulardan qay birlari nazorat zonasidan taşqarida bölib qoladi.
Odatda radarlarning ölik zonasi çetroqda turgan boşqa radarlar yordamida kompensatsiya qilinadi. Ma’lumki, Ukraina QK ixtiyorida ikkita «Patriot» batareyasi, şuningdek HHM tizimining umumiy konturiga ulangan boşqa tizimlar ham bor.
Ukraina qurolli kuçlarining havo hujumida mudofaa tizimi qanday tuzilgani, Patriot radarlari «ölik voronka»ga ega yoki yöqligi, ular hipertovuşli tezlikda uçayotgan nişonni tutib oliş asnosida neçoğlik samarali ekani borasida işonçli ma’lumotlar hozirça yöq.
Ukraina QKning Amerika HHM kompleksi Rossiya «Kinjal»ini urib tuşirgani haqidagi versiyasining tasdiği Kiyev meri Vitaliy Kliçko namoyiş etgan, ehtimolli jangovar qismning şikast yegan joyi xarakteri tasdiqlaşi mumkin. Unda qalin devorlarga ega bölgan pölat obekt bitta joyidan qariyb sindirib yuborilgan.
PAC 3 oilasiga mansub raketalarga ega «Patriot» uçiriş qurilmasi Polşada. Foto: AFP
Bu «Patriot» kompleksining PAC 3 oilasiga mansub, nişonni töğridan töğri zarba bilan urib qulatadigan raketalardan birining borib urilişi natijasi bölişi mumkin. Zenit raketalarining qolgan katta qismi oskolkali-fugasli jangovar tarkibiy qismga ega, ular nişon yonida portlab, unga zarar yetkazadi. Biroq, u qadar katta bölmagan zarar yetkazuvçi bölaklar «Kinjal» raketasining taxmin qilinayotgan jangovar tarkibiy qismining bu qadar qalin devorini teşib öta olmagan bölardi, ular bitta katta öyiq emas, köplab kiçik izlar qoldirgan bölardi.
16 may kungi yopirilma zarbalarda Rossiya köplab raketalardan, jumladan, oltita «Kinjal»dan ham foydalangan. Turli manbalar guvohlik berişiça, ulardan taşqari «Iskander» va S-400 ballistik raketalari, havo va dengizdan uçirilgan qanotli raketalar, Eronning Shahed-136 va 131 dronlaridan foydalanilgan bölişi ham mumkin. Bularning barçasi Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini zöriqtiriş, şuningdek, Ukraina HHM tizimi vositalari qayerda joylaşganini aniqlaş uçun qilingan bölişi ehtimoli katta.
Ukraina QK oltita «Kinjal» raketasini urib tuşirganini ta’kidlamoqda. Rossiya mudofaa vazirligi esa Patriot batareyasini yöq qilganini. Batareya yöq qilinmagani, unga biroz ziyon yetkazilgani faktini amerikaliklar ham tasdiqlaşdi. Bu holatda AQŞda işlab çiqarilgan zenit raketa kompleksining biror tarkibiy qismlari Ukrainadan boşqa dalatlarga olib çiqib ketilgani haqida xabarlar çiqmadi, bu esa endilikda heç narsani olib çiqib ketib bölmaydigan darajada katta ziyon yetkazilgani yoki zarar çindan ham şu qadar yengil bölgani va uni öşa joyning özida bartaraf qiliş mumkinligidan darak beradi.
Oltita «Kinjal» yöq qilinganini ham tasdiqlab bölmaydi — çetdagi nufuzli va vakolatli manbalardan birortasi bu haqida xabar bermagan, Ukraina hukumati urib tuşirilgan raketalarning taniş mumkin bölgan qismlarini körsatmagan. Kiyevdagi kuzatiş kameralari orqali kompleks samarali işlayotgani haqida xulosa çiqariş qiyin, çunki unda faqat ZRKning uçib ketayotgan raketalari olovigina körinib turibdi.
Patriot kompleksi raketalari bilan «Kinjal»ni tutib oliş mumkinligi holatini baholaş yana bir sababga köra juda qiyin: Ukraina poytaxtida HHM işi qanday taşkil qilingani, Patriot ZRK qaysi manbadan ma’lumot olgani, Patriot’ning ştatdagi lokatorlaridan boşqa radarlardan ham foydalanilgan yoki yöqligi, tutib olişda yana qanaqa zenit vositalaridan foydalanilgani haqidagi ma’lumotlar yöq.
Bundan taşqari, Ukraina qaysi avloddagi komplekslardan foydalanayotgani ham sir saqlanmoqda. 16 may kungi zarbalar qaytarilgaç, Kiyevdagi köçalardan birida PAC 3 oilasiga mansub raketalardan biri qulagan, biroq, Ukrainada hozir ikkita Patriot batareyasi xizmat qilmoqda, ularning ikkinçisi qanday raketalar bilan qurollantirilgani ham noma’lum.