Bank nazorati qömitasi tomonidan joriy yilning may oyida 8 ta yiğiliş ötkazilib, ularda jami 40 ta masala muhokama qilingan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.
Ötkazilgan yiğilişlar yakuni böyiça 17ta tijorat banki va 2ta nobank kredit taşkiloti faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar sababli ogohlantirilgan, 1ta mikromoliya taşkilotiga nisbatan jarima çorasi qöllangan hamda 3ta tölov taşkilotidan faoliyatni amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyalarini çaqirib oliş töğrisida qaror qabul qilingan.
“Ayrim tijorat banklari boşqaruvlari zimmasiga ortiqça undirilgan komission haqlarni mijozlarga qaytariş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, kredit axborotining davlat reyestriga haqqoniy ma’lumotlarni uzatiş, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etiş va moliyaviy holatni soğlomlaştiriş hamda iqtisodiy sanksiyalar bilan boğliq xatarlarni boşqarişga doir talablarga rioya etiş vazifalari yuklatildi”, deyiladi regulyator xabarida.

















