Vengriyaning OTP banki “Ipotekabank”ning 75 foiz uluşini sotib oldi. Bitim doirasida tranzaksiya amalga oşirilib, 13 iyundan bank OTP bank boşqaruviga ötgan. Bu haqda “Ipotekabank” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirda Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi qölida qolgan 25 foiz uluşni OTP bank 3 yillik muddatda sotib oladi.

OTP bank 2020 yil oxiridan buyon Özbekiston hukumati bilan mamlakat bank sektorini xususiylaştirişda iştirok etiş imkoniyatlari böyiça muzokaralar olib borgandi. 2022 yilning dekabr oyida Toşkent şahrida tomonlar mamlakatning beşinçi yirik moliyaviy xizmatlar körsatuvçi muassasasi – “Ipotekabank”ning davlatga tegişli 100 foizini (umumiy bank aksiyalardagi uluşi taxminan 98 foiz) OTP bank tomonidan sotib oliş yuzasidan oldi-sotdi şartnomasini imzolagan.

2023 yil 13 iyun kuni bitim doirasida tranzaksiya amalga oşirildi.

“OTP bank “Ipotekabank”ning 73,71 foiz egaligi bilan asosiy aksiyadoriga hamda bilvosita bankka tegişli moliyaviy lizing bilan şuğullanuvçi “Ipoteka lizing” va suğurta xizmatlarini taklif qiluvçi “Imkon-Suğurta” jamiyatlarining egasiga aylandi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Bank xabarida aytilişiça, tranzaksiya amalga oşgandan keyingi maqsad, muvaffaqiyatli integratsiya jarayonini ötkazişdir. Qöşimça qilinişiça, “Ipotekabank” mijozlaridan uşbu (egalik huquqini ötkaziş bilan boğliq) bitim heç qanday harakatlarni amalga oşirişni talab etmaydi va ularga integratsiya jarayonlari bilan boğliq özgarişlar haqida öz vaqtida ma’lumotlar taqdim etiladi.

Tranzaksiya qiymati oçiqlanmagan. Biroq avvalroq, xususiylaştiriş masalalari böyiça prezident huzurida bölib ötgan yiğilişda, OTP banki “Ipotekabank”ni 324 mln dollarga sotib olgani ma’lum qilingandi.

2022 yil dekabr oyida oldi-sotdi şartnomasini imzolaş çoğida tomonlar “Ipotekabank” xususiylaştirilgaç, uning nomi özgarişsiz qolişini bildirgan.