Tergovdagi qiynoqlar va hibsxonadagi ölimlar... Bu faqat Özbekistonga xos holat emas. Hatto rivojlangan demokratik davlatlarda ham politsiya qölida ölim topgan, hibsxonada vafot etganlar talaygina.
1. Jorj Floyd, AQŞ
Foto: Getty Images
Pandemiya avjiga mingan 2020 yilda AQŞda xunuk voqea röy berdi: oq tanli politsiyaçi köça örtasida gumonlanuvçi qora tanli fuqaroni qölga olayotib, böğib öldirib qöydi. Şundoq ham irqçilik öta oğir qilmiş sifatida qaraladigan Amerika jamiyati larzaga keldi: keng miqyosli namoyişlar ayrim örinlarda talonçilik, bosqinçilik va boşqa ommaviy jinoyatlarga ham aylanib ketdi.
Aslida marhum Jorj Floyd şu paytgaça ança-munça hunar körsatib ulgurgandi, 2000-yillarda narkotik saqlaşda aylanib qamalgan, söngra öğrilik sabab 4 yil «ötirgan» erkak nihoyat 2020 yil mayida soxta pullar berişda gumonlanib qölga tuşdi.
Oq tanli politsiyaçi Derik Şovin esa Floyd uşlanganda, uni naq sakkiz daqiqa oyoği bilan böynidan bosib turdi. Natijada Floyd hodisa joyida nobud böldi. Kameraga muhrlangan jinoyat şunçaki qolib ketmadi. Şundoq ham pandemiya sabab sabr-kosasi tölgan odamlar köçalarga oqib çiqa boşladi.
Natijada AQŞning yuzlab şaharlarida komendantlik soati joriy etildi. Iyun oyiga kelib, namoyişlarda 19 kişi turli sabablarga köra halok böldi. Namoyişlar ba’zida talonçilikka aylanib ketdi, hatto me’moriy yodgorliklar va haykallarga ham talafot yetkazildi.
Floyd ölimiga sabab bölgan politsiyaçi naq 22,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Unga «ehtiyotsizlik oqibatida ölimga sababçi böliş» aybi qöyildi. 2021 yil 20 iyunda Nyu-Yorkda Jorj Floydga atab katta yodgorlik oçildi.
2. Deniyel Pryud, AQŞ
Foto: WE THE PEOPLE/ GOFUNDME
Köp ötmasdan yana bir qora tanli AQŞ fuqarosi politsiya qölga olgandan söng vafot etdi. Deniyel Pryud 41 yoşda edi.
Ma’lumotlarga köra, Pryudning boşiga u politsiya xodimlariga tupurmasligi va tişlab olmasligi uçun maxsus tör kiydiriladi. Natijada erkak kislorod yetişmasligi sabab huşini yöqotadi va şifoxonaga olib boriladi.
Mavzuga oid
Vraçlar bemorning hayoti uçun bir hafta davomida kuraş olib bordi, ammo harakatlar besamar ketdi. Ölim sababi haqidagi rasmiy ma’lumotda mahbus tanasida ötkir giyohvand moddasi borligi isbotini topgani aytiladi.
Garçi bu ölim Jorj Floydniki kabi ötkir namoyişlar va talotöplarni keltirmasa ham, ançagina muhokamalarga sabab böladi. Öşa paytlarda prezidentlik uçun kuraşayotgan Jo Bayden amaldagi rahbariyatni ham qisman ayblab çiqadi.
Öşa paytda qudratda bölgan Tramp ma’muriyatda adliya vaziri lavozimini egallagan Uilyam Barr CNN telekanaliga bergan intervyusida politsiya oq va qora tanlilarga turliça munosabatda bölayotganini inkor etadi.
3. Kinan Anderson, AQŞ
Foto: Los Angeles Police Dept
Şu yilning yanvar oyida politsiya aralaşuvidan keyin hayotdan köz yumgan afroamerikaliklar soni yana bittaga oşdi. Qurbon begona emas: maşhur Black Lives Matter harakati asosçilaridan biri Patriss Kallorsning amakivaççasi Kinan Anderson edi.
Ma’lumotlarga köra, 2023 yil 3 yanvar kuni Anderson Los-Anjyelesda YTHga uçragan. Politsiya kelib uni qölga olganda, Anderson qoçişga urinadi, organ xodimlari esa unga nisbatan elektroşoker işlatişadi. Natijada yigitning ahvoli oğirlaşa boşlaydi. Şifoxonaga yetkazilgan Anderson bor-yöği 4 soatça yaşaydi xolos...
4. Sergey Şamrin, Rossiya
Şu yilning yanvar oyida Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida yaşovçi Sergey Şamrin politsiya maşinasi içida ölim topdi.
Marhumning rafiqasi iddao qilişiça, erkak qölga olingaç, politsiya xodimlari unga zarba berib böynini sindirişgan. Ayolning aytişiça, erini politsiya xodimlari köçada mast holatda uşlaşgan va bölimga olib ketmoqçi bölgan. Örtada yuz bergan janjaldan söng Sergey Şamrin huşini yöqotgan.
Şamrinning rafiqasi Yuliyaga köra, ayol eriga tezkor birinçi yordamni körsatgan. Ammo yetib kelgan şifokorlar qisqa tekşiruvdan keyin Şamrin allaqaçon ölganini ma’lum qilişdi.
Politsiyaçilarga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qiliş aybi qöyilib, ulardan ikki nafari qamoqqa olindi.
5. Politsiya qölida ölim topgan muxolifatçi
CFoto: jepvenezuela.comaption
2014 yil Venesuelani talabalar boşlab bergan katta namoyişlar qamrab oldi. Ular yangi prezident Nikolas Maduroning iste’fosini talab qilib çiqdi, çunki davlat iqtisodi çökib, eng zarur mahsulotlar ham taqçil bölib qolgandi.
Buning ustiga Venesuelada jinoyatçilik kuçayib ketdi. Namoyişlar vaqtida ikki nafar politsiyaçi 23 yoşli talaba Da Kostani öldirib qöyadilar. Bu xalqning tölib turgan sabrini battar alangalatib yubordi.
Oradan ikki yil ötgaç bu ikki politsiyaçi Bassil da Kostaning ölimida aybdor deb topilib, uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Jumladan, razvedka politsiyasi komissari Xose Perdomo «qotillik» moddasi böyiça 29 yil-u olti oy, ofitser Andri Yosvua quroldan asossiz foydalangani uçun olti yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
6. Niqob taqmagani uçun ölgan fuqaro
Foto: mexiconewsdaily.com
2020 yilning yozida Meksikada ham xunuk voqea röy berdi: tibbiy niqob taqmagani uçun politsiya qölga olgan Jovanni Lopes olamdan ötdi.
30 yoşli Jovanni Lopes 4 may kuni Gvadalaxara yaqinida qölga olingandi. Guvohlar tomonidan tasvirga olingan videoda politsiyaçilar avtomatlar bilan erkakni maşinaga majburlab ötirğizgani aks etgan.
Lopesning qarindoşlari erkakni izlaş uçun politsiya bölimiga borişgan, biroq u yerda uni kasalxonaga olib ketişganini aytişgan. Şifoxonaga borişsa, bemor allaqaçon vafot etgan ekan.
Tekşiruvlar şuni körsatdiki, Lopes boşiga töğridan töğri zarba beriş oqibatida vafot etgan. Marhumning oyoğidan ham öq izi topilgan. Bu voqeadan söng Gvadalaxarada katta namoyişlar boşlandi. Namoyişçilar hatto hukumat binosiga ham bostirib kirişga muvaffaq bölişgandi.
7. Mahsa Amin, Eron
Foto: SAFIN HAMED/AFP/GETTY IMAGES
2022 yil 16 sentabrda Tehrondagi şifoxonalardan birida 22 yoşli Mahsa Aminining joni uzildi. Bu oddiygina qayğuli ölim emasdi.
Huquq-tartibot idoralariga köra, «jamiyatdagi qoidalarni buziş»da ayblangan qiz yurak huruji oqibatida tobi qoçib vafot etadi. Biroq Aminining yaqinlari va Eron jamiyatining faol qismi bunga işonmaydi hamda qiz politsiyadagi qiynoqlar oqibatida halok bölgan degan farazni ilgari surişadi.
Şubha, gumon va noroziliklar katta namoyişlarga ulanib ketadi. Amini ölimidan keyingi namoyişlar Erondagi Oyatullo rejimiga ta’sir ötkazgan voqealardan biri sanaladi.
Mahsa Amini ölimi hamon sirliligiça qolmoqda, turli fikrlar örtaga taşlanmoqda. Masalan, Iran International naşrining qayd etişiça, Eron Islom qöriqçilari korpusi komandirlaridan biri «Amini tergovdagi qiynoqlar oqibatida vafot etgani haqida işonçli manbalar gapirgan» audiolarni sizdiradi.
Şuningdek, Amini oilasi qizaloq yoşligida bir qança nevrologik kasalliklar bilan oğrigani va hatto boşidan ösimta olinganini oşkor etadi. Lekin Mahsa Amini keyinçalik soğliğidan şikoyat qilmagan.
Iran Human Righs ma’lumotiga köra, Amini ölimi ortidan keçgan namoyişlarda 201 kişi halok böladi. Yirik şaharlarda politsiya bilan töqnaşuvlar kuzatiladi. Namoyişçilar mamlakat oliy rahbariyati, jumladan oyatullo Ali Xomanaiyni keskin tanqid qiladi.
2023 yil boşiga kelib namoyişlar sezilarli ravişda kamaydi va Eron hukumati bor jilovni yana qöliga olişga muvaffaq böldi. Ammo sodir bölgan voqealar ularning tegişli xulosalar çiqarişi uçun sabab bölgan bölsa ajabmas.
8. Aziz Ahmedov, Özbekiston
Bu borada yaqin ötmişning Özbekiston uçun eng şov-şuvli voqeasi şubhasiz Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanidagi hodisa desak adaşmagan bölamiz. Unda tuman DSI boşliği örinbosari içki işlar xodimlari bilan bölgan ziddiyat vaqtida vafot etdi.
42 yaşar soliq xodimi Aziz Ahmedov özining Cobalt avtomobilida yöl harakati qoidalarini buzgani sababli patrul xizmati inspektorlari tomonidan töxtatilgan. Inspektorlar özlariga tegişli Spark avtomobilining orqa örindiğiga ötqizişda fuqaroning yuz qismidan bosib, uning qisqa va tez ölim topişiga sabab bölişgani ma’lum qilingan.
2021 yil 3 dekabr kuni, jinoyat işlari böyiça Qöşrabot tuman sudi tomonidan sudlanuvçilar M.Qöçqorov (1987 yilda tuğilgan, Kattaqörğon tumani IIB YHXB boşliği lavozimida işlagan) va Ş.Rahimberdiyev (1990 yilda tuğilgan, Samarqand viloyati IIB YHXB YPXB 4-otryad katta inspektori lavozimida işlagan)ga nisbatan jinoyat işi körib çiqilgan va aybdorlarga sud hukmi öqilgan.
9. Bökadagi ölim va tezkor xodimlarning işdan böşatilişi
2023 yil 4 iyun kuni Toşkent viloyati Böka tumani IIB JQB xodimlari söroqqa olib kelingan fuqaroni qiynoqqa solişgan. Fuqaro bu qiynoqlar natijasida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 235-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, voqeaga aloqador bölgan 2 nafar tezkor xodim hibsga olingan. Böka tumani IIB boşliği A.Boboxonov, uning birinçi örinbosari V.Xudoyqulov, jinoyat qidiruv bölimi rahbari J.Subanov, tergov bölimi boşliği J.Oçilov, şuningdek, navbatçilik qismi mas’uli Ş.Ibragimovlar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.