Bu yil ham OTMlarga qabul kvotalari tasdiqlanişi keç qolyapti. Ötgan 2022 yilda ham, undan oldingi yillarda ham kvota qabul vaqtiga taqalib tasdiqlanadi.

Jumladan, 2022 yilda – qabul kvotasi 15 iyunda tasdiqlangan. Buning ortidan hujjat qabul qiliş jarayonlari odatiy 15 iyundan emas, balki 20 iyundan boşlanadigan böldi.

  • 2019 yilgi qabul kvotasi töğrisidagi qaror 17 iyunda çiqqan.
  • 2020 yilgi qabulda kvota nisbatan ertaroq, 13 iyunda tasdiqlangan.
  • 2021 yilda kvotalar 22 iyunda e’lon tasdiqlangan va şu kundan qabul boşlangan.

Ötgan yili kvota tasdiqlanişi keçikkanda sobiq oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov OTMlarga qabul tizimidagi özgarişlarning köp bölganini va bu özgarişlar qabul kvotasi bilan bitta qarorda tasdiqlanganini sabab qilib körsatgandi.

“Kvota ança oldin tasdiqlangan edi. Şuning uçun keyingi öquv yillarida muammo bölmasligi uçun, bu qaror va farmoyişda belgilanadi. Endi qaror çiqişi şart bölmaydi. Kvotalar oldinroq çiqişi uçun farmoyiş bilan çiqadi. Va bu qabulga aloqador özgarişlar bilan yaxlitlanmaydi”, – degandi sobiq vazir.

2023 yil qabul kvotasi ham hali tasdiqlanmadi. Lekin oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov kvota miqdori haqida ma’lumot berib ötgandi.

Vazirga köra, 2023-2024 öquv yilida 381 ming abituriyent qabul qilinişi rejalaştirilyapti. Şundan 60 ming kvota davlat grantlariga ajratiladi. Lekin qaçon tasdiqlanişi haqida aniq ma’lumot berilgani yöq.

Kun.uz vazirlik matbuot xizmatiga kvotalar qaçon tasdiqlanişi böyiça sörov yubordi. Vazirlik sörovga javoban kvota tasdiqlangan zahoti e’lon qilinişini bildirdi.

Hali kvota tasdiqlanmadi, lekin qabul kuni aniq: atigi 5 kun qoldi. Abituriyentlar kvota bilan tanişişiga ham vaqt kerak axir.