Dvigatel hajmi 1 litrgaça bölgan avtomobillar uçun bojlar bekor qilindi
Saylov arafasida, xorijdan avtomobil olib kiriş uçun belgilangan bojxona tölovlari kamaytirildi. Bu safargi pasaytiriş eng arzon segmentdagi avtomobillarga qaratilgani e’tiborli. Çunki şu paytgaça bojlarning pasaytirilişi köpinça budjet bölmagan modellarga taalluqli bölar, natijada aksariyat iste’molçilar biror özgarişni sezmasdi.
Bu safar esa işlab çiqarilganiga 1 yildan oşmagan, dvigatel hajmi 1000 sm kubgaça bölgan avtomobillar uçun bojxona boji töliq bekor qilindi. Bunga qadar bunday avtomobillar uçun 15 foiz va unga qöşimça har bir kub sm uçun 40 sentdan boj tölanardi. Şuningdek, yangi qaror bilan, dvigatelining işçi hajmi 1000 sm kubdan 1200 sm kubgaça bölgan avtomobillar uçun 15 foizlik boj 5 foizga tuşirildi, qöşimça koeffitsiyentlar esa bekor qilindi.
Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgaça bölgan avtomobillar uçun bojxona tölovlarining jami miqdori örtaça 41 foizdan taxminan 21 foizga kamayadi. Ya’ni 10 ming dollarlik avtomobilni bojxonadan ötkaziş xarajati avval 4 ming dollar bölgan bölsa, endi 2 ming dollarga tuşadi. Eslatib ötamiz, boj nollaştirilgani bilan, 12 foizlik QQS va 850 dollar atrofidagi utilizatsiya yiğimi saqlanib qolmoqda.
Dvigateli 1000–1200 sm kub siğimli avtomobillarni olib kiriş xarajatlari esa örtaça 48 foizdan taxminan 33 foizga kamayyapti. Misol sifatida aytsak, endi 20 ming dollarlik avtomobilni olib kiriş uçun bojxonada avvalgidek 10 ming dollar emas, 7 ming dollar tölaş kerak.
Dvigatelining siğimi 1 litrdan oşmaydigan avtomobillar köpinça şahar şaroitida haydaş uçun möljallangan arzon hetçbeklar bölib, kam benzin sarflaydi. Misol uçun, Matiz 0,8 litrli dvigatel bilan, uning Best komplektatsiyasi esa 1 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Taqqoslaş uçun, Chevrolet Spark oxirgi yillarda 1,25 litr hajmli dvigatel bilan işlab çiqarilayotgan edi.
1,2 litr hajmdagi dvigatellar esa yoqilği-tejamkor sedanlarda uçraydi. UzAuto Motors işlab çiqarayotgan Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarining atmosferali va turbo dvigatellari siğimi aynan şunça. Xitoyda esa Onix'ning 1 litr işçi hajmga ega turbo dvigatel bilan jihozlangan varianti ham işlab çiqariladi.
Bojlarning pasaytirilişi içki bozorda qanaqa yangi takliflarni yuzaga keltirişini vaqt körsatadi. Budjetbop variantlar paydo bölişini kutayotganlar notarif tösiqlarni unutmasligi kerak. Çunki sertifikatsiya bilan boğliq murakkabliklar aynan yangi modellarni olib kiriş xarajatlarini oşirişi mumkin. Qolaversa, yakuniy narx içidan bojxona tölovlaridan taşqari logistika xarajatlari va dilerning xizmat haqi ham örin oladi.
Şunisi ahamiyatliki, dvigatel hajmi 1000-1200 sm kub oraliqda bölgan avtomobillar taşqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasida alohida ajratilmagan edi. Ya’ni şu paytgaça dvigateli 1000 kubdan 1500 kubgaça bölgan avtomobillar bitta tovar pozitsiyasi sifatida hisoblab kelingan. Bojlarning pasayişi ana şu pozitsiyani töliq qamrab olganida edi, “rastamojka oçildi” deb bemalol aytsak bölardi. Çunki jahonda işlab çiqariladigan budjet avtomobillarining katta qismi aynan 1300-1500 sm kub siğimli dvigatel bilan jihozlangan. Bunday avtomobillar uçun esa amalda 15 foiz va har bir sm kub uçun 60 sentdan boj tölovi saqlanib qolyapti.
Aniqlik kiritib aytiş kerakki, eng arzon avtomobillar uçun bojxona bojlarining pasayişi ham vaqtinçalik. Pasaytirilgan stavkalar 2,5 yil davomida amalda böladi. 2026 yil 1 yanvardan boşlab bojlar yana kötarilişi mumkin.
Saylov arafasidagi boşqa yangiliklar
Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev hafta davomida saylov kampaniyasini ötkaziş uçun Qoraqalpoğiston, Xorazm, Andijon va Namangan viloyatlariga bordi. Saylovçilar bilan uçraşuvlarda bir qator yangiliklar e’lon qilindi.
Prezidentning sözlariga köra, talaba xotin-qizlar uçun soliq imtiyozi kengaytiriladi. Endilikda istalgan fuqaro OTMda öqiyotgan xotin-qizlarning kontraktini tölab bersa, buning uçun daromad soliğidan ozod etiladi. Ya’ni bu imtiyoz faqat talabalarning ota-onasi yoki eriga nisbatan qöllanişi haqidagi qoida bekor qilinadi. Şuningdek, xorijda öqiyotgan yoşlarning öqişini Özbekistondagi oliygohlarga grant asosida köçirişga ruxsat beriladi.
Asosiy yangiliklardan yana biri – “Oçiq budjet”ga ajratiladigan mablağlar 3 barobarga oşiriladi va unda ğolib çiqiş uçun 1,5 mingta ovoz töplaş yetarli böladi. Prezident, şuningdek, aholining mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorliklari böyiça hisoblangan 500 milliard söm penya keçib yuborilişini aytdi. 14 iyun kuni imzolangan qaror bilan, yerdan hujjatsiz foydalanayotgan fuqarolarga yer soliğini 3 karra oşirilgan stavkada soliq hisoblaş 1 yilga töxtatildi. Şuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va taşqi savdo bilan şuğullanuvçilarga ham soliq qarzligi, penya va jarimalar böyiça yengilliklar berildi.
Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, Qoraqalpoğistonga tezyurar poyezd qatnovi yölga qöyilganidan keyin, Toşkentdan Nukusga yetib boriş vaqti 16 soatdan 7 soatgaça qisqaradi. Şuningdek, yil oxirigaça “Toşkent-Andijon” pulli avtomobil yölini quriş işlari boşlanadi. Yöl Jahon banki kömagida qurib bitirilgaç, Andijondan Toşkentga keliş vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatgaça qisqarişi aytildi. Bundan taşqari, vodiy aholisi uçun “Andijon–Farğona–Qöqon–Namangan–Andijon” temiryöl halqasi böylab 4 ta elektropoyezd harakati yölga qöyiladi.
Prezidentlikka nomzod Namanganda islomiy moliya xizmatlariga keng yöl oçib berilişi, QQSni qaytariş şartlari 15 tadan 5 taga qisqartirilişi, 107 ta davlat xizmati böyiça tölovlar miqdori 2 baravar kamaytirilişini ham aytib ötdi.
Rossiyadan gaz xarid qiliş böyiça şartnoma imzolandi
Qişdagi energiya kollapsi sabab metan-şoxobçalar bir neça oyga yopilganidan keyin, ötgan oylarda Özbekistonning Rossiyadan benzin importi ikki barobarga köpaygan edi. Öşandagi energokrizisning yana bir oqibati 16 iyun kuni rasmiylaştirildi: Özbekiston va Rossiya gaz masalasidagi muzokaralarni yakunlab, tegişli şartnomani imzoladi.
Şartnomaga köra, Rossiya gazini Özbekistonga eksport qiliş 2023 yilning 4-çoragidan boşlanadi. Bitimga Özbekiston tomonidan energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov va “Gazprom” raisi Aleksey Miller imzo çekdi. Yana bir hujjat bilan Özbekistonning gaz uzatiş tizimini Rossiya gazini qabul qilişga tayyorlaş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlandi. Hujjatlarni imzolaş tadbirida izohlanmagan sabablarga köra Özbekiston boş vazirining örinbosari Jamşid Xöjayev ham iştirok etdi.
Gaz böyiça boşqa kelişuvlar kabi, bu şartnoma şartlari ham oçiqlangani yöq. Rossiya gazi qança narxda, qança miqdorda, qaysi muddatlarda sotib olinişi, Özbekiston öz böyniga qanaqa majburiyatlar olayotgani ma’lum emas. Xuddi şunday, Özbekiston öz gazini Xitoyga qança narxda sotayotgani ham sir tutiladi. Bu ikki ma’lumotning oçiqlanişi har bir özbekistonlikka raqamlarni taqqoslaş imkonini bergan bölar edi.
Masalaning boşqa jihati – energetikadagi jiddiy muammolar fonida, yeçim sifatida baribir Rossiyaga murojaat qilingani böldi. Gaz yuqori darajada siyosiylaşgan tovar ekani, Kreml undan doimiy ravişda qurol sifatida foydalanişini inobatga olsak, energetika inqirozining sababçilari keltirgan oğir oqibatlar miqyosi qay darajada ekani ma’lum böladi. Şu tariqa, uzoq yillar davom etgan noratsional iqtisodiy va energetik siyosat oxir-oqibat gazga boy mamlakatni agressor davlatning gaziga muhtoj darajaga olib tuşdi.
Qaçondir oçiq bozor va erkin narxlarga ötilişi bu boğliqlik ortib borişi, hatto qaramlik darajasiga yetişining oldini olar balki, lekin töğri amalga oşirilgan energetika islohoti bilan ham bu boğliqlikni yeçiş uçun qança yillar kerak bölişi – savolli masala.
Bu siyosiy masalalar fonida, bu hafta ham poytaxtning qator hududlarida elektr öçirilmagan kun bölmadi hisob. 12 iyun kuni boş vazir Abdulla Aripov yiğiliş ötkazib, Toşkent şahar elektr tarmoqlari korxonasiga yangi direktor tayinladi. Bu lavozimni Mirobod tumani hokimi Şuhrat Pölatov egalladi. “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga esa Qurolli Kuçlar Boş ştabining aloqa markazi boşliği A’zam Izbosarov tayinlandi.
Karimovlar oilasi yana diqqat markazida
Hafta davomida birinçi prezident Islom Karimovning ikki farzandi haqida xabarlar tarqaldi. Ulardan biri – Gulnora Karimova göyoki uy qamoğiga ötkazilgani haqidagi miş-miş. Internetda tarqalgan bu norasmiy ma’lumotni Kun.uz söroviga javoban Oliy sud va Içki işlar vazirligi rad etdi.
Ikkinçi xabar esa rasmiy manbalardan olingan. Ma’lum bölişiça, Islom Karimovning öğli Pyotr Karimov Özbekistonning sobiq birinçi xonimi Tatyana Karimovani sudga bergan. Uning da’vosi vorislik huquqiga oid. Iş 26 iyun kuni fuqarolik işlari böyiça Yakkasaroy tumanlararo sudida körib çiqiladi. Agar sud oçiq tarzda bölib ötsa, biz iş tafsilotlarini batafsilroq yoritişimiz mumkin.
Ma’lumot örnida, bu – Pyotr Karimovning otasi vafotidan keyingi ilk da’vosi emas. “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasida bir neça yil işlagan Pyotr Karimov 2018 yilda Moskvadagi sud orqali kompaniyadan öziga belgilangan pullarni undirib berişni söragan edi. Öşa yil oxiriga borib masala böyiça da’vogar va javobgar kelişib olgani xabar qilinib, sud işi tugatilgan.
Pyotr Karimov – Islom Karimovning ötgan asrning 60-yillarida uylangan birinçi rafiqasi Natalya Petrovna Kuçmadan tuğilgan katta farzandi hisoblanadi. Bu haqdagi rasmiy ma’lumotlar Islom Karimov vafotidan keyin ilk marta 2017 yilda oçiqlangan edi. Pyotr öşa paytda Moskva viloyatida yaşaşi aytilgandi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Qöqon şahridagi bozorda katta yonğin röy berdi. Salkam 6 soat davom etgan yonğin oqibatida “Buyuk ipak yöli” savdo majmuasining katta qismi zarar kördi, yuzdan ortiq tadbirkorning mollari yonib ketdi. Bozorga tutaş bölgan öndan ortiq xonadon ham yonğin içida qoldi. Şavkat Mirziyoyev jabrlanganlarga hamma kerakli yordam körsatilişiga va’da berdi. Holat böyiça yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş moddasi bilan jinoyat işi oçilgan.
Toşkentning Çilonzor tumanidagi mis quvurlari işlab çiqaradigan sexda portlaş röy berdi. Rasmiy ma’lumotga köra, bir kişi halok bölgan, 16 kişi turli darajada jarohat olgan. Birlamçi xabarlarda gaz portlagani aytildi, keyinroq voqeaga texnologik jarayonning buzilişi sabab bölgani ma’lum qilindi. Kun.uz manbasiga köra, portlaş elektr tokida işlovçi mis çiqaradigan uskunaning qizib ketişi sababli röy bergan.
Andijonda 12 nafar IIB xodimi mahkumni urib öldirib qöygani ma’lum böldi. Sud hujjatlariga köra, voqea ötgan yili mart oyida Şahrixon tumanidagi tergov hibsxonasida röy bergan. Şu yerda işlovçi 12 nafar içki işlar xodimi 32 yoşli erkakni ayovsiz kaltaklab, uning ölimiga sababçi bölgan. Sud ulardan 6 nafarini 4 yil qamoq jazosiga, qolgan 6 nafarini esa 3 yil uy qamoğiga hukm qildi.
Toşkent viloyati IIBBning mintaqaviy bölinmasi rahbari qamoqqa olingan. Bu viloyatda içki işlar tizimi törtta mintaqaga ajratilgan bölib, ulardan birining rahbari ustidan tergov ketyapti. Manbalarimizga köra, uning xizmat xonasidagi seyfdan 20 ming dollar naqd pul topilgan. U Böstonliq tumanida profilaktika inspektorlariga ajratilgan xizmat uyini soxta hujjatlar orqali sotib yuborişga gumonlanyapti.
Surxondaryoda öqituvçi ayollarni döpposlagan erkakka hukm öqildi. Ikki hamkasbini urgan 34 yoşli erkak 1 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Sud hukmida yozilişiça, sudlanuvçi ikki ayolga yetkazgan ma’naviy va moddiy zararni qoplagan, jabrlanuvçilar unga nisbatan da’vosi yöqligini bidirgan. Hukm qonuniy kuçga kirsa, erkak jazoni manzil-koloniyada ötaydi.
Toşkentda avtobuslar qatnovi yaxşilanişi avtobusda yuradiganlar sonini köpaytirdi. Şaharga yangi avtobuslar olib kelingan may oyida kuniga örtaça 780 ming yölovçi avtobusga çiqqan. Bu – ötgan yilning may oyiga nisbatan 63 foizga köp. Bundan xulosa qiliş mumkinki, agar keçikişlar va tiqilinçlar bölmasa, odamlar bajonidil jamoat transportida yuradi. Demak, avtobuslarga haqiqatda işlaydigan alohida yölaklar ajratib berilsa, yölovçilar soni yana ham köpayişini kutiş mumkin.
Toşkentga oid yana bir xabar. Iqtisodiy tadqiqotlar markazining örganişlariga köra, poytaxtda ikkilamçi köçmas mulk uçun örtaça narxlar bir yil içida 27 foizga oşgan. Uy-joy ijarasi narxlari esa bir yilda 8 foizga kötarilgan, lekin yil boşidan buyon 12 foizga arzonlaşgan. Şayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod uy-joy eng qimmat tumanlar bölib qolmoqda.
Özbekistondagi eng yirik xususiylaştiriş jarayonlaridan biri yakuniga yetdi. Mamlakatdagi beşinçi eng katta bank hisoblanuvçi Ipotekabankning 74 foizini Vengriyaning OTP guruhi sotib oldi. Yevropalik investorlar buning uçun 240 mln dollar töladi. OTP guruhi bankdagi davlatning qolgan uluşini uç yil içida sotib olişi közda tutilgan.
Şveytsariyaning eng yirik banklaridan bölmiş Credit Suisse'ga özbekistonlik yangi mijozlarni jalb qiliş taqiqlandi. Bankning yangi egalari pul yuviş va korrupsiya xavfini çeklaş maqsadida şunday qarorga kelgan. Xavf darajasi yuqori mijozlar toifasiga Özbekistondan taşqari Rossiya, Qirğiziston, Tojikiston va yana 20 dan ortiq davlatlar fuqarolari bor. Oddiyroq qilib aytganda, şveysariyalik investorlar Özbekistonni poraxörlik eng avj olgan davlatlar röyxatiga qöşgan.











