Islom Karimovning o‘g‘li O‘zbekistonning sobiq 1-xonimini sudga berdi
Pyotr Karimov Tatyana Karimovaga nisbatan qo‘zg‘agan da’voning predmeti vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ekani ma’lum.

kollaj Kun.uz
26 iyun kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida O‘zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan fuqarolik ishi ko‘rib chiqiladi — da’vogar Islom Karimovning birinchi nikohidan bo‘lgan farzandi Pyotr Karimov.
Toshkent shahar sudi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda da’vo predmeti vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ekanini ko‘rish mumkin.
Birinchi instansiya sudida ishni sudya Aziz Rahmonov ko‘rib chiqadi.
Bu Pyotr Karimovning otasi vafotidan keyingi ilk da’vosi emas. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasida bir necha yil ishlagan Pyotr Karimov 2018 yilda Moskvadagi sud orqali ish beruvchidan o‘ziga belgilangan pul mablag‘larini undirib berishni so‘ragan edi. Yil oxiriga kelib masala bo‘yicha da’vogar va javobgar o‘rtasida muddatdan avval kelishuvga erishilgani tufayli ish tugatilgan.
Pyotr Karimov – Islom Karimovning o‘tgan asrning 60-yillarida uylangan birinchi rafiqasi Natalya Petrovna Kuchmadan tug‘ilgan katta farzandi hisoblanadi. Bu haqdagi rasmiy ma’lumotlar Islom Karimov vafotidan keyin ochiqlangan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafotlar keltirdi
Jahon | 14:22
-
Trampni qo‘llagan badavlat amerikaliklar ham endi undan darg‘azab
Jahon | 14:11
-
Yaponiya O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi qurishni rejalashtiryapti
Iqtisodiyot | 14:08
-
G‘azoda istehkomlar qurayotgan Isroil, Ukrainada yangi hududlarga hujum boshlagan Rossiya va Xitoyga 125 foizli boj joriy etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

11:32 / 26.06.2023
«Karimovlar ishi»: sud noma’lum muddatga qoldirildi

20:59 / 16.05.2023
Islom Karimovning o‘g‘li Moskvada hibsga olindi

14:17 / 25.10.2018
Pyotr Karimovning «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga qarshi ishi to‘xtatildi

17:32 / 10.10.2018