Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda davlatga 9,6 mlrd so‘mlik zarar keltirgan mayning ferma aniqlandi
Mahalliy xususiy korxona rahbari korxona hududiga xorijda ishlab chiqarilgan 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.
Tezkor tadbir davomida mahalliy xususiy korxona rahbari 6 nafar fuqaro bilan o‘zaro kelishgan holda, korxona hududiga xorijda ishlab chiqarilgan 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlari natijasida, davlat manfaatlariga 9 mlrd 661 mln 402 ming so‘mlik zarar keltirgani aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026