Toşkent metrosida ayollarga alohida vagon mavzusi – Ijtimoiy faollar bilan suhbat
|02:40 / 19.06.202351 38812 min
Toşkent metrosida ayollar uçun alohida vagonlar ajratişga ehtiyoj bormi? Ayrim faollar bu gender tenglikka zid, odamlarni jins böyiça ajratişga olib keladi desa, boşqalari ayollar hurmat qilinadigan jamiyatda nafaqat metro, balki boşqa jamoat transportlarida ham bu taşabbus amalga oşirilişi kerak, deb hisoblaydi.
«Toşkent metrosida ayollar uçun kunning odam gavjum böladigan ma’lum qismida yoki doimiy alohida vagonlar ajratilsa yaxşi bölardi». Bu taklif yaqin yillar içida poytaxt aholisi va mehmonlari tomonidan bot-bot tilga olinyapti. Yaqin yillar orasida ilgari surilayotgan bu taklif metro vagonida notaniş qizga şilqimlik qilgan ikki talaba voqeasidan keyin yana jonlandi. Umuman, metro va boşqa jamoat transportlarida ayollar uçun alohida vagon va joylar ajratiş Yaponiya, Misr, Braziliya, Hindiston, Indoneziya, Eron kabi dunyoning öndan ortiq davlatlarida yölga qöyilgan. Xöş, Özbekistonda ham bu tajribani qöllasa böladimi? Kun.uz bu borada ijtimoiy faollar fikrini örgandi.
Kamola Aliyeva
“Bu masala jamoat transportidagi tegajoğliklar bilan boğliq bölib, muammoning yeçimi sifatida ayrim faollar tomonidan taklif qilinyapti. Ammo ayollar uçun alohida vagon qiliş muammoning yeçimi emas. Bu gender segregatsiya – odamlarni jins asosida ajratişga sabab böladi. Bundan taşqari tegajoğliklarga uni sodir etayotgan erkak emas, ayol kişining özi mas’ul, degan qaraş paydo bölib qoladi. Deylik, bir ayol yoki qiz ayollar vagoniga ulgurmay, yonidagi boşqa vagonga çiqdi. Öşa paytda tegajoğlikka uçrasa, jamiyat tomonidan ayol qoralanadi boşqa vagonga çiqqani uçun. Töğri, ba’zi davlatlarda bor bu tajriba. Lekin ulardagi umumiy holat böyiça tegajoğlikni kamaytirmagan bu narsa. Bundan taşqari, jins böyiça kamsitiş böladi, gender tenglik prinsiplariga ham zid”, – deydi gender masalalari böyiça mutaxassis Kamola Aliyeva.
Jurnalist Aziza Qurbonovaning fikriça ham jamoat transportlarida bu tajribani qöllaş har doim ham özini oqlamagan.
Aziza Qurbonova
“Gender tenglikni faol tarğib qilayotgan va şunday muhit yaratişga urinayotgan mamlakatlar tajribasi bunday ajratilişni töğri deb bilmaydi. Bir neçta megapolislarda yaşovçi turli e’tiqodli 5600 ayol örtasida sörovnoma ötkazilib, ulardan şu narsa kerakmi, deb söralganida ularning aksariyati undan köra metro va avtobuslarning qatnov oraliq vaqtini qisqartirib ziçlikka yöl qöymaslik kerak, deb javob bergan”, –
Mavzuga oid
deydi u.
Bolalar psixologi va yozuvçi Muazzam Ibrohimova esa metroda ayollar uçun alohida joy ajratiş şart deb hisoblaydi. U bundan taşqari jamoat transportida tegajoğliklarga qarşi kuraşiş böyiça boşqa davlatlarning tajribalaridan foydalanişni taklif qiladi.
Muazzam Ibragimova
“Masalan, Yaponiya tajribasini olib qaraylik. Vaholanki, Yaponiya islomiy davlat emas. Ular ayol va erkak psixologiyasini örganib çiqqan holda şu qarorga kelgan. Ularning metrolarida jinsiy zöravonlik haqida xabar beruvçi maxsus tugmaçalar bor. Agar kimdir bossa, keyingi bekatda politsiya öşa vagon eşigida kutib turadi. Bizda şu oddiy narsalar ham yöq. Metro bekatlari va vagonlarga maxsus zöravonlik haqida xabar bering degan ma’nodagi taxtaçalar bor. Agar şilqimlik, tegajoğlik holatlari kuzatilsa, yölovçilar vagonlarga örnatilgan kameralarga maxsus belgilar bilan xabar berişadi. Bizda kameralar bor, nega şunday imkoniyatlardan foydalanmaymiz? Talabalik paytimizda şilqimlik qilgan yigitni bir qiz izidan vagondan çiqqaç itarib yuborgandi, yigit esa metro yöliga tuşib ketgan. Öşa vaziyatda qiz jazolandi, yigit emas. Öşa paytdayoq alohida joylar bölişi kerak degan fikrga kelgandim”, – deydi Muazzam Ibragimova.
Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Taşanovga köra, bu Özbekistonda hozir kun tartibidagi masala bölmasa-da, uni amalga oşirişning salbiy tomoni yöq.
Abdurahmon Taşanov
“Yaqinda Tokioda bölganimda ayollar uçun alohida vagonlar bor ekaniga guvoh böldim. Özbekistonda ham şu narsani joriy qiliş masalasida muhokamalar bölyapti. Xotin-qizlar özlarini erkin va qulay his qilişlari uçun bu narsani qiliş mumkin, yomon tomoni yöq, menimça. Lotin Amerikasi mamlakatlari, Hindiston va Yaponiya kabi davlatlarda şu narsa bor. Buni joriy qilişdan oldin tegişli statistika bilan şuğullanuvçi taşkilotlar bilan maslahatlaşiş, ma’lumotlarni köriş kerak. Lekin bizda Yaponiya yoki Hindistondagi kabi yuqori emas tegajoğlik qiliş darajasi. Aytganimdek, oldin statistikalar e’lon qilinişi va muhokama etilişi kerak. Kelajakda Özbekiston ham aholi köpayayotgan mamlakat sifatida bu narsani joriy qiladi. Lekin hozirgi holatimizda kun tartibidagi masala emas bu”, – deydi «Ezgulik» jamiyati raisi.
Faollarning ba’zilari bu taşabbusni amalga oşiriş uçun Özbekistonda yetarli transport infratuzilmasi mavjud emasligini aytgan bölsa, boşqalari ayollarga bu qulaylik emas, qöşimça muammolar yaratadi deb hisoblaydi. Ular orasida bu taklifni amalga oşiriş vaqti allaqaçon kelganini ta’kidlaganlar ham bor.
Muazzam Ibrohimova:
— Bu masalani gender tenglik bilan boğlaş kerak emas. Bu amaliyotni joriy qiliş kerak, albatta. Arab musulmon davlatlarida ham, boşqa rivojlangan dunyoviy davlatlarda ham bu tajriba bor. Demak, özini hurmat qiluvçi xalqlar bu işlarni qilyapti. Qiziga, ayoliga zöravonlik bölişini istamaganlar jur’at etgan şunga, aytganimdek, gender tenglikka aloqasi yöq. Tibbiy-psixologik, sanitariya, odob-axloq tomonlardan qilinişi kerak bölgan iş. Masalan, Turkiyada alohida qilinmagan bölsa ham, jamoat transportlarida erkak va ayollar aralaşib ketmaydi, şaharlararo qatnovlarda yöl çiptalari begona ayol-erkaklar uçun yonma-yon örindiqlarga sotilmaydi. Çipta sotiş böyiça umuman nazorat yöq bizda. Xulqi buzuq odam bilan bir yonma-yon örindiqqa tuşib qolsang, uzoq yöllarga ham soatlab çidab ketişga majbursan. Xohlasak, hamma narsaning çorasini topiş mumkin.
Kamola Aliyeva:
— Yölovçilar köp paytida tegajoğlik qilişga harakat böladi, deyişadi. Buning yeçimi — jamoat transportlarini, vagonlarni va qatnovni köpaytiriş. Vagonlarning içida homilador ayollar, bolalar yoki qariyalar uçun joy qiliş mumkin, lekin jins böyiça ajratiş yeçim emas. Ayollar uçun alohidalaş davlatga iqtisodiy tomondan oğir böladi. Mavjud bölgan infratuzilmani yaxşilaş örniga yana qöşimça muammoli böğinni köpaytiriş oğirlik beradi budjetga. Undan köra bunga ketadigan mablağni mavjud infratuzilmani yaxşilaş va kengaytirişga sarflaş kerak.
Aziza Qurbonova:
— Bir qaraşda yaxşidek, quloqqa yoqimli eşitiladi, lekin jinsiy segregatsiya bu. Muammolarni, savollarni köpaytiradi. Qaraydigan bölsak, köpçilik erkaklarda şaxsiy maşina bor, jamoat transportlaridan esa köproq xotin-qizlar foydalanadi. Masalan, bitta ajratilsa, siğmaydi ular. Yana ajratiş kerak desak, erkaklar-çi, ularning huquqlari nima böladi? Ajratilgan vagonga siğmay qolgan ayollar nima qiladi? Keyingisini kutadimi? Boşqa vagonlarga çiqiş tanlovi ham bor-ku, deyiş ham mumkin. Lekin öşa boşqa vagonga çiqqanda tegajoğlikka uçrasa, ayol aybdor qilinadi. Tiqilib bölsayam özining vagonida ketsin edi deyişadi. Nega endi biz öşa şilqimlik qilayotgan ayrimlarni emas butun boşli ayollar va erkaklarni ajratib qöyişimiz kerak? Avtobuslar masalasi-çi, ularni ikkiga bölib qöyamizmi yoki ikki xil avtobus böladimi? Umuman, savollar köp. Bunday yoqimli köringan taşabbuslar iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik jihatdan foydali bölavermaydi har qaçon ham. Ayollar haqida öylanayotgani yaxşi, lekin ajratiş bilan yeçim qilmaslik kerak. Qaysidir axloqsiz qaçondir qilişi mumkin bölgan şilqimlikni deb butun boşli jamiyatni ovoragarçilikka qoldiriş töğri emas va yeçim bölolmaydi.
Abdurahmon Taşanov:
— Bizda endi jamoat transporti şakllanyapti. Hali infratuzilma rivojlanmay turib bu narsani qiliş qöşimça muammo böladi. Metroga 600 ming odam kirib çiqar ekan bir kunda. Bu juda katta son emas. Mana şular içida qançasi tegajoğlikka uçraydi, qanday holatda degan savollar böyiça aniq statistikalarni örganib, keyin bir qarorga keliş kerak.
Faollarning fikriça jamiyat özi ilgari surayotgan taşabbuslarni amalga oşiriş uçun avvalo özi tayyor bölişi kerak. Harakat qiliş faqatgina istak va uni kimdir röyobga çiqarişini kutişdan foydaliroq. Jamoat transportlarida soğlom muhitni şakllantiriş jamoatçilik nazoratiga ham köp jihatdan boğliq.
Muazzam Ibrohimova:
— Talaba qizlar köp Toşkentda, köpçiligi viloyatdan kelganlar. Ularning poytaxtda himoyaçisi, yaqini yöq. Ikkita talaba qiz bir voqeani aytib bergandi: metroga çiqişganda bir erkak juda qöpol harakatlar qilgan. Bir vagon odam heç narsa demagan, körib turişsa ham. Tuşgandan söng ortidan ta’qib qilib yotoqxonagaça borgan. Şu vaziyatda birorta odam ularni himoya qilmagan.
Abdurahmon Taşanov:
— Jamiyatni örgatiş uçun eksperiment qilib körsa böladi. Braziliya, Yaponiyadagi kabi bizda aniq statistikalar va şu narsalarni yoritiş yöq. Hindiston eng köp jinsiy zöravonlik böladigan davlatlardan biri, Yaponiya tarixida ham ötgan asrning 50-60-yillarida juda zöravonlik köp bölgan. Mana şunday narsalarni körsatib, jamiyat ongini tayyorlab boriş kerak oldin.
Aziza Qurbonova:
— Agar jamiyatning özi axloqli, bir-birini tiyib turuvçi bölsa, jamoat transportlarida özlari ajralib ötiradi, hurmat qiladi bir-birini. Masalan, vodiyda va boşqa joylarda avtobuslarda ayollar va erkaklar bölinib ötirar ekan. Avtobusning old tomonida ayollar, orqa tomonida erkaklar. Odamlarning axloqiga örnaşgan bu narsa. Metrolarda ham axloqli erkaklar, yigitlar özini çetga olib, ayollar uçun erkinroq joy ajratişsa, yaxşi böladi. Ya’ni jamiyat tayyor bölişi kerak.
Avvalo farzandlarimizga boşqalarning va özining şaxsiy çegarasini örgatişimiz kerak. Şaxsiy hudud qança, qayerda tugaydi, yaqinlik qança, hatto uzoq termilib qoliş mumkinmasligi örgatilişi lozim. Bizda bu böyiça ta’lim yöq, heç qayerda öqitilmaydi. Jazolar ham qat’iyroq bölişi kerak. Çunki bundaylarga 5-15 kunlik qamoq ham ta’sir qilmayotganini köryapmiz.
Kamola Aliyeva:
— Adaşmasam, 2 yilça oldin jinsiy va boşqa turdagi zöravonliklarga qarşi kampaniya yölga qöyilgandi. Jamoat transportlari va boşqa joylarda turli plakat va bannerlar ilingandi. Çiptalarda ham yozib qöyilgandi xabar beriş kerakligi haqida. Xalqaro tajribada jamoat transportlarida şunday holatga tuşgan va buni körgan odamlar qanday harakat qilişi kerakligi bannerlarga yozib qöyiladi. Ya’ni metro vagonlarida, avtobuslarda bu haqida körsatmalar berilgan. Hammasi jamiyatni tarbiyalaşga boğliq.
Kun.uz metro bekatlarida bölib jamoat transportidan foydalanadigan odamlar orasida kiçik sörovnoma ham ötkazdi. Sörovnomada 30 dan ortiq yurtdoşlarimiz qatnaşdi. Har tört iştirokçidan uç nafari ayollar uçun alohida vagonlar ajratilişi kerak deb hisoblaşini aytdi.
Körsatuvni töliq şaklda yuqoridagi videoda tomoşa qilişingiz mumkin
Maqsuda Abduqayumova, jurnalist
Tasvirçi va montaj ustasi Nuriddin Nursaidov.