Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) iyun oyi boşida Kaxovka GES portlaşi natijasida Kaxovka suv ombori sayozlaşganiga qaramay, haligaça mavjud bölgan suvni nasos bilan ta’minlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik boş direktori Rafael Grossining 21 iyun, çorşanba kuni taşkilot saytida e’lon qilingan bayonotida aytiladi. 

Oxirgi ikki hafta davomida Yevropaning eng yirik atom elektr stansiyasi sovitiş uçun zarur bölgan suvni suv omboridan ajratilgan yaqin atrofdagi Zaporijjya issiqlik elektr stansiyasi (ZIES) kanalidan oldi. Şu munosabat bilan kanaldagi suv sathi kuniga 10 santimetrga pasaymoqda va ayni paytda 17 metrga yaqinni taşkil etmoqda. AEXAga köra, bu kanaldagi suv köp haftalar davomida atom elektr stansiyasi reaktorlarini sovitişni ta’minlaşi kutilmoqda.

«Zaporijjya AES imkon qadar suvni saqlab qoliş va töldiriş böyiça çoralar körmoqda», deyiladi ötgan hafta yadro xavfsizligi bilan boğliq vaziyatni baholaş uçun stansiyaga taşrif buyurgan Grossi bayonotida. 

Hujjatda ta’kidlanişiça, atom elektr stansiyasi suv ta’minoti muammosi bilan kuraşar ekan, Ukrainaning mintaqada qarşi hujum ötkazayotgani haqidagi xabarlar ortidan harbiy vaziyat yanada keskinlaşmoqda. Taşkilotga köra, AEXA may oyi oxirida BMT Xavfsizlik kengaşida Grossi tomonidan bildirilgan harbiy mojaro paytida stansiyani himoya qilişning beşta asosiy tamoyillariga rioya etilişini nazorat qiliş uçun Zaporijjya AESda öz iştirokini kengaytirdi.