Xiva şahar IIB ma’muriy binosi oldida köçani piyoda kesib ötayotgan podpolkovnik Botir Otajonovni maşina urib yuborgan.

Hodisa 25 iyundan 26 iyunga ötar keçasi soat 00:10 larda sodir bölgani aytilmoqda. Xorazm viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Damas rusumli maşinada IIB boşliğini urib yuborgan haydovçi YTH çoğida mast holatda bölgan.

Haydovçi avtomaşinasini hodisa joyida qoldirib, noma’lum tomonga yaşiringan. Olib borilgan tezkor-qidiruv işlari natijasida haydovçining yaşiringan joyidan uşlab kelingan, tekşiruvdan söng uning alkogol içimlikdan mast holatda bölgani tasdiğini topgan.

Jabrlanuvçi tuman markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Unga «Boş miya yopiq jarohati. Boş miya çayqalişi. Öng yonboş suyagi quymiç kosasining tubi maydalanib, ötirgiç suyagi maydalanib sinib, siljişi, öng son suyagining boşçasining travmatik markaziy çiqişi, yumşoq töqimalar lat yeyişi, qontalaş şilinmalar» taşxisi qöyilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Xiva şahar prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

  • Ma’lumot uçun, Botir Otajonov 2021 yil martida Xiva şahar IIB boşliği lavozimiga tayinlangandi.