Telegram’dagi Kompromatuzb kanali orqali qilingan tovlamaçilik jinoyatlariga oid sud işi keyingi haftada jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Şayxontohur tumani sudida körila boşlaydi. Bu haqda dastlab Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.

«Boş prokuratura tomonidan tasdiqlangan ayblov xulosasiga köra, 4 nafar şaxs – Human.uz sayti asosçisi va muharriri Xurşid Daliyev, Özbekiston Respublikasi Mehnat munosabatlari va bandlik vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva, «Özbekneftgaz» AJ matbuot kotibi Siyovuş Hoşimov va fuqaro Ahmadullo Ahmadjonov Özbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 3-qismi (tovlamaçilik) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) bilan ayblanişmoqda», – deb yozdi u Facebook sahifasida.

Hozirça sud kuni belgilanmagan. Qoidaga köra, mahkamaga raislik qiluvçi sudya kompyuter dasturi böyiça tasodifiy tanlanadi. Sud muhokamalarining oçiq yoki yopiq ötkazilişiga oid ma’lumot mavjud emas.

«Özbekiston Respublikasi DXX Tergov boşqarmasi tomonidan olib borilgan tergov harakatlari davrida jinoyat işining boşqa iştirokçilariga oid qismi Özbekiston Respublikasi JPK talablari asosida alohida iş yurituviga olingan», – deya qöşimça qilgan huquq faoli.

Köp ötmay mazkur iş haqida Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ham rasmiy axborot e’lon qildi.

«Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi «a» bandi, 25,165-moddasi 3-qismi «a» bandi, 184-moddasi 3-qismi va 243-moddasi bilan ayblangan X.D. (1984 yilda Andijon viloyatida tuğilgan), Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi «a» bandi, 25,165-moddasi 3-qismi «a» bandi va 243-moddasi bilan ayblangan S.X. (1983 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan), Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi «a» bandi va 25,165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblangan A.A. (2004 yilda Andijon viloyatida tuğilgan) hamda Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a», «b», «v» bandlari bilan ayblangan M. M. (ayol, 1973 yilda Andijon viloyatida tuğilgan)ga oid jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudining iş yurituviga kelib tuşgan bölib, ayni paytda uşbu jinoyat işi E-XSUD elektron axborot tizimi orqali sudyalar örtasida taqsimlaniş jarayonidadir», – deb yozdi Obidov.

Sud vakilining yozişiça, tasdiqlangan ayblov xulosasiga köra mazkur jinoyat işi böyiça jami 19 nafar jabrlanuvçi va 10 nafar fuqaroviy da’vogar mavjud bölib, jinoyat oqibatida ularga jami 5 mlrd 138 mln söm miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.