Toşkentda ötkazilayotgan “Yangi Özbekistonda taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi haftalik doirasida “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va iqtisodiy–imkoniyatlarini kengaytiriş” mavzusida forum taşkil etildi.

Unda 25 nafardan ortiq (Şveytsariya, Singapur, Misr, Qozoğiston, Rossiya, Italiya, Turkiya, Qirğiziston va boşqa mamlakatlar) çet ellik nufuzli mehmonlar, Özbekistondagi xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari vakillari, 150 nafar mahalliy rahbar ayollar va faol xotin-qizlar iştirok etişdi.

Islom hamkorlik taşkiloti huzuridagi Ayollar taraqqiyoti taşkiloti ijroçi direktori Afnan al-Şuaybiy Özbekistonga ham mazkur taşkilotga a’zo böliş taklifini bildirdi:

“Men Saudiyadan keldim. Islom hamkorlik taşkilotiga aloqador ayollarni rivojlantiriş taşkiloti rahbari sifatida unga a’zo 7 ta mamlakat tajribasi bilan bölişdim.

Özbekistonda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga davlat rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki Islom davlatlari tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Özbekiston bu mamlakatlar orasida liderlardan biri deb baralla aytişim mumkin.

Hozirda bizning taşkilotda 7 ta Islom mamlakatlari işlayapmiz va Özbekistonga ham bizning taşkilotga a’zo böliş taklifini berdik. Biz bu yerdagi tajribalarni Islom mamlakatlariga ham ulaşişni taklif etmoqçimiz”.

Forumda iştirok etgan Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vazir örinbosari Ridvan Durandan Turkiyada xotin-qizlarni iqtisodiy va ijtimoiy himoyalaş tajribasi haqida söradik:

Xotin qizlar masalalariga bağişlangan forumning taşkil etilişini maqtovga sazovor iş, albatta. "Jannat - ayollar, onalar oyoği ostida" degan muqaddas aqidaga amal qilamiz.

Jamiyatimizda ayollar juda qadrlanadi. Va şuning uçun ham bu forumning taşkil qilingani juda quvonarli hol. Fursatdan foydalanib, hurmatli taşkilotçilarga öz taşakkurimizni bildiraman.

Turkiyada xotin-qizlarni ijtimoiy va iqtisodiy qöllab-quvvatlaş masalasi davlatning oldidagi ustuvor masala hisoblanadi.