«Xiva – 2024 yilda Islom dunyosining turizm poytaxti» xalqaro tadbiriga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori imzolandi.
Qaror bilan xalqaro tadbirga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi tasdiqlandi. Şuningdek, çora-tadbirlar rejasi belgilandi.
Jumladan, 2024 yil mart oyida xalqaro tadbirning rasmiy oçiliş marosimi hamda may oyida Xiva şahrida Islom hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi ötkaziladi.
Xiva şahrining turistik salohiyatini xalqaro maydonda faol tarğib qiliş maqsadida 2023-2024 yillarda quyidagi tadbirlar ötkaziladi:
- «Taste of Uzbekistan Festival» şiori ostida gastronomik festival;
- Pahlavon Mahmud xotirasiga bağişlangan «Strongmen» xalqaro bahodirlar öyini musobaqasi;
- «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» doirasidagi tadbirlar.
Fanlar akademiyasi, Din işlari böyiça qömita, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan birgalikda xalqaro tadbirga taşrif buyuradigan xorijiy mehmonlar foydalanişi uçun Xiva şahri haqida özbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillarida qöllanma işlab çiqiladi.
















