Özbekiston ğallakorlari birinçi marta 8,1 mln tonnadan ziyod don yetiştirdi. Suvli maydonlarda örtaça hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Jumladan, ğalla hosildorligi Buxoro viloyatida gektariga 74,8 sentner, Toşkentda 74,2 sentner, Samarqandda 73,8 sentnerni taşkil qildi.
Hosildorlikni oşiriş maqsadida biologik eskirgan navlar örniga yangi yuqori hosilli, ob-havoning noqulay şaroitlariga çidamli 12 ta (şundan, 8ta mahalliy) kuzgi buğdoy navlarining maydoni 585 ming gektarga kengaytirildi.
Şu bilan birga, Respublika böyiça örtaça hosildorlik 71-73 sentnerni taşkil etgan bölsa, Kitob, Şahrisabz, Yakkaboğ, Uçqörğon, Pop, Töraqörğon, Mirzaçöl, Paxtakor, Qamaşi, Norin, Oltinsoy, Sariosiyo, Denov, Jarqörğon, Qumqörğon, Muzrobod, Termiz, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Buvayda, Danğara, Quva, Oltiariq va Furqat tumanlarida 76-80 sentnerga yetdi. Ba’zi fermer xöjaliklari 95-100 sentner hosildorlikka erişdi.
















