Ostona şahrida Qozoğiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Ctrategik tadqiqotlar instituti tomonidan taşkil etilgan «Özgaruvçan dunyoda Osiyo: kelajak kun tartibi» mavzusida xavfsizlik va hamkorlik böyiça Markaziy Osiyo forumi bölib ötdi.
Ikki kun davom etgan anjumanda mintaqa mamlakatlari, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi, AQŞ, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar va boşqa davlatlar mutaxassislari, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yuqori darajadagi vakillari, taniqli siyosatçilar va diplomatlar, yetakçi ekspertlar, xususan, dunyoning 25 davlatidan jami 60 ga yaqin delegat qatnaşdi.
Forumda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ham iştirok etib, «Markaziy Osiyoni mintaqalaştiriş: yangi model izlab...» mavzusidagi sessiyada ma’ruza qildi.
Ekspert Markaziy Osiyoning keyingi 10 yillik rivojlanişi xususidagi prognozlari bilan örtoqlaşib, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş uçun mintaqaviy öziga xoslikni şakllantiriş alohida ahamiyat kasb etişiga e’tibor qaratdi.

SMTI direktorining ta’kidlaşiça, bugungi kunga kelib, Markaziy Osiyodagi heç bir davlat öz taqdirini özi belgilay olmaydi. Aksinça, ayni jarayon mintaqada sodir bölayotgan umumiy voqea-hodisalarga bevosita boğliq.
Qayd etilişiça, strategik ustuvor yönalişlarni birgalikda kelişiş, dolzarb vazifalarni amalga oşiriş uçun resurs va mexanizmlarni aniqlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyoning kelajakdagi modeli mavzusini muhokama qilar ekan, Aripov bir neça asosiy unsurlarni ajratib körsatdi:
- mintaqaviy hamkorlik jarayoniga tösqinlik qilayotgan mavjud fundamental kelişmovçilik va qarama-qarşiliklarni bartaraf etiş;
- özaro manfaatli muloqot va hamkorlikni rivojlantiriş uçun zarur platforma va mexanizmlar yaratiş;
- iqtisodiy hamkorlikning Markaziy Osiyo davlatlari örtasida tölaqonli erkin savdo rejimi şakllantirilişini nazarda tutuvçi yangi modelini işlab çiqiş;
- jahon miqyosida umumiy manfaatlarni samarali himoya qiliş;
- mintaqa davlatlari va manfaatdor taşqi kuçlar örtasidagi konstruktiv hamkorlikning muhim şarti sifatida Markaziy Osiyo oçiqligini saqlaş.

















