Şu bilan birga, u Fors körfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengaşi bilan strategik muloqot yakunlari böyiça Rossiya yakuniy deklaratsiyani imzolaganidan yana bir bor noroziligini bildirdi, unga, Abdullohiyyonning sözlariga köra, «Eronga qarşi band kiritilgan». 

Hujjatda Eron öziniki deb hisoblagan Ormuz böğozidagi uçta orol (Abu Muso, Katta Tunb va Kiçik Tunb) böyiça kelişmovçilikni bartaraf etiş böyiça Birlaşgan Arab Amirliklarining taşabbusi qöllab-quvvatlangan. 

«Rossiya elçisi TIVga çaqirilganidan keyin bizda Rossiya rasmiylaridan tuşuntirişlar bor edi, ammo biz ularni yetarli deb hisoblamaymiz va Rossiya yoki boşqa tomondan Eronning hududiy yaxlitligi böyiça bu amaliyot takrorlanişini qabul qilmaymiz», - dedi Eron Taşqi işlar vazirligi rahbari.

Eron Rossiyaga Ukrainaga qarşi uruşda faol foydalanilayotgan dronlarni yetkazib beradi. Şu tariqa, AQŞ ma’lumotlariga köra, 2022 yil avgustidan 2023 yilning mayigaça Rossiya Erondan 400 dan ortiq, asosan, Shahed tipidagi dronlarni qabul qilib olgan va ularning aksariyatidan Ukraina muhim infratuzilmasiga zarba berişda foydalangan. 

«Rossiyaga uşbu uçuvçisiz uçoqlarni yetkazib beriş orqali Eron Ukrainadagi uruşga bevosita hissa qöşyapti», - deya ta’kidladi Vaşington.