Jahon | 10:21 / 19.07.2023
8235
3 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi, BMT va Turkiya Rossiyani «g‘alla bitimi»ga qaytarmoqchi

Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan «g‘alla bitimi»ga qaytish bo‘yicha muzokaralar olib bormaydi, biroq BMT takliflarini tinglashga tayyor. «Bu bizning siyosatimiz o‘zgarishini anglatadimi yoki yo‘qmi, a’zo davlatlarga bog‘liq», dedi DW nashriga Yevropa Ittifoqi rasmiysi.

Foto: Andrew Kravchenko/AP/picture alliance

Yevropa Ittifoqi Rossiya ishtirokidagi «g‘alla bitimi»ni qaytarish bo‘yicha BMT va Turkiya bilan ishlamoqda, deb xabar berdi 18 iyul, seshanba kuni Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi yuqori martabali rasmiysi. «Bizning asosiy maqsadimiz Rossiyani ushbu kelishuvdan chiqish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga majburlash, - dedi u. Rossiya o‘z harakatlari bilan yuz millionlab odamlarni xavf ostiga qo‘yadi». 

Rasmiy Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan muzokaralar olib borish niyatida emasligini va bu davlat rahbaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri taklif olmaganini ta’kidladi. Moskva o‘z pozitsiyasini BMT va Turkiyaga yetkazadi, ularning rahbariyati kelishuvlarni yangilash bo‘yicha muzokaralar olib boradi, so‘ngra Rossiyaning so‘rovlarini Yevropa Ittifoqiga yetkazadi, dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi BMT bilan kelgusidagi potensial qadamlar bo‘yicha o‘z takliflarini muhokama qilishga tayyor. «Biz ushbu masalalar bo‘yicha sanksiyalarimizning har qanday kutilmagan oqibatlarini muhokama qilishga tayyormiz. Bu siyosatimizni o‘zgarishini anglatadimi yoki yo‘qmi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga bog‘liq. Biz BMTni tinglashga va ichki muhokama qilishga tayyormiz», - deydi Bryussel rasmiysi.

U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Ukrainadan Yevropa «birdamlik chizig‘i» bo‘yicha g‘alla eksportini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishiga ishontirdi. «Ammo biz bu muammoni to‘liq hal qila olmaymiz», dedi DW suhbatdoshi. 

Bryussel ushbu transport yo‘nalishlarini faol ravishda kengaytirishga va’da berdi, Ukraina doni ular orqali dengizdan ko‘ra ko‘proq olib chiqiladi.

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari 20 iyul kuni Bryusselda Rossiyaning Qora dengiz don tashabbusidan chiqishi oqibatlarini muhokama qiladi. Ular, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Ukraina oldidagi xavfsizlik majburiyatlarini hamda harbiy va noharbiy yordamning keyingi qismlarini ko‘rib chiqadi. Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar kengashining yana bir mavzusi Volodimir Zelenskiyning «tinchlik formulasi» va ushbu tashabbusni ilgari surish bo‘ladi. 

Mavzuga oid