Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan ötkazilgan örganişlar davomida qonun va qonunosti hujjatlariga zid ravişda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib kelayotgan mansabdorlar aniqlandi. Xususan, 6 nafar rahbar mansabdor şaxs — 3 nafar tuman-şahar hokimi, 1 nafar agentlik, 1 nafar unitar korxona va 1 nafar qömita rahbari tadbirkorlik sub’yektlarining ta’sisçilari ekani ma’lum bölgan:

  • Milliy antidoping agentligi direktori A.Sodikov “Total Oil” MÇJ;
  • “Axborotlaştiriş Boş markazi” DUK rahbari D.Sarixöjayev “Musammo” MÇJ;
  • Andijon viloyati Böston tumani hokimi S.Nosirova Sabina Issiq Nonlari 777” va “Kömir Sanoati” MÇJlar;
  • Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi U.Fayziyev “Zarafshan Golden Group” va "Zarafshon Grand Invest" MÇJlar, “Ğani Bobo Chorvasi” fermer xöjaligi;
  • Toşkent şahar Yakkasaroy tumani hokimi A.Sayfutdinov “Sanico Group” va “Uv-Maks” MÇJlar;
  • Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasi rahbari B.Şaripov “Karomat Oyijon-Surxon” fermer xöjaligida ta’sisçi sifatida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi.

Ma’lum qilinişiça, aniqlangan holatlar böyiça mazkur davlat organlari va ularning yuqori turuvçi idoralariga Antikorrupsiya agentligi tomonidan tegişli taqdimnomalar kiritilgan. Şuningdek, manfaatlar töqnaşuvi holatlariga barham berilişi, ya’ni mansabdor şaxslarning tadbirkorlik sub’yektlaridagi faoliyati tugatilişi çoralari körilmoqda.

Ma’lumot uçun, “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonunining 13-moddasiga köra, davlat fuqarolik xizmatçisi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini taşkil etişga, ularning muassisi (iştirokçisi) bölişga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida taşkiliy-boşqaruv, ma’muriy-xöjalik vazifalarini bajarişi mumkin emas.

Bundan taşqari, hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatçilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”ning 13-bandida davlat xizmatçilari işdan taşqari vaqtda tadbirkorlik yoki haq tölanadigan boşqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan taşqari) şuğullanmasligi belgilangan.

Avvalroq, Kun.uz qonunçilikda taqiqlangan bölsa-da, ayrim tuman va şahar hokimlari firmalar rahbarligini ham öz qöllarida saqlab qolayotganiga doir tanqidiy maqolalar e’lon qilgan edi.