“Jinoyat işini yuritiş çoğida qamoqda saqlaş töğrisida”gi qonunga qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
“Jinoyat işini yuritiş çoğida qamoqda saqlaş töğrisida”gi qonun 3-bobi 271-modda bilan töldiriladi. U qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan uşlab turilganlarni majburiy tibbiy körikdan ötkaziş bilan boğliq.
Öziga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilişi töğrisida sudning ajrimi qabul qilingan şaxs tergov hibsxonasiga joylaştirilişidan oldin davlat soğlikni saqlaş muassasasida unda qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlari qöllanilganligi natijasida olingan jarohatlarni, şikastlanişlarni va yaralarni aniqlaş maqsadida majburiy tibbiy körikdan ötkaziladi.
Qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan şaxsni davlat soğliqni saqlaş muassasasida majburiy tibbiy körikdan ötkaziş uçun sudning uşlab turilgan şaxsga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagi ajrimida uşbu şaxsni majburiy tibbiy körikdan ötkaziş töğrisidagi topşiriği asos böladi.
Qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan şaxsni davlat soğliqni saqlaş muassasasiga majburiy tibbiy körikdan ötkaziş uçun yetkaziş qöriqlov ostida amalga oşiriladi.
Qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan şaxsni davlat soğliqni saqlaş muassasasida majburiy tibbiy körikdan ötkaziş uni qöriqlayotgan (konvoy qilayotgan) huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari (harbiy xizmatçilari) hamda majburiy tibbiy körikdan ötkazilayotgan şaxsning advokati iştirokida amalga oşiriladi.
Davlat soğliqni saqlaş organlarining majburiy tibbiy körikdan ötkazişni amalga oşirişga ruxsat berilgan tibbiyot muassasalari röyxati, tibbiy körikdan ötkaziş tartibi va tibbiy tekşiruv natijalariga doir xulosaning şakli Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) bilan kelişilgan holda belgilanadi.
Majburiy tibbiy körikdan ötkazişni amalga oşirişga ruxsat berilgan tibbiyot muassasalarida majburiy tibbiy körikdan ötkaziş joyi, şuningdek majburiy tibbiy körikdan ötkaziladigan şaxsni qöriqlaş tartibi Içki işlar vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Davlat xavfsizligi xizmati va Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) bilan kelişilgan holda belgilanadi.
Majburiy tibbiy körik tibbiyot muassasasi tomonidan sudning uşlab turilgan şaxsga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagi ajrimi va unda körsatilgan şaxsning şaxsini tasdiqlovçi (identifikatsiyalovçi ID-kartasi, pasporti yoki şaxsni tasdiqlovçi boşqa) hujjati asosida ötkaziladi.

















