Prokuror Abduqodir Mo‘minovni 11 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi
Davlat ayblovchisi sudyadan Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bo‘yicha sudlanayotgan Mo‘minovga uzil-kesil 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini berishni so‘radi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Bloger Abduqodir Mo‘minov ustidan sud tergovi yakunlanib, sud muzokaralari boshlandi.
Gazeta.uz xabariga ko‘ra, muzokaralarda prokuror suddan Mo‘minovni uzil-kesil 11 yil ozodlikdan mahrum etish va unga 3 yil davomida jurnalistik faoliyatni cheklashni so‘ragan.
Shuningdek, blogerga BHMning 400 barobari miqdorida (132 mln so‘m) jarima jazosi ham so‘ralgan.
1990 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, “Oynaga qarang” MChJ rahbari Abduqodir Mo‘minov Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bo‘yicha – shaxsiy hayot daxlsizligini buzish, tovlamachilik, firibgarlik, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish va pora berishda ishtirokchilikda ayblanyapti.
Bloger 2023 yilning 8 fevralida hibsga olingandi. Toshkent shahar IIBB uni internetda video tarqatish orqali jinoyat ishini hal qilib berish uchun 10 ming dollar so‘rab, shundan 3800 dollarini olganlikda, boshqa bir holatda esa sahifasida tanqidiy videoni chiqarmaslik evaziga 70 ming dollar so‘raganlikda ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Qo‘qonda bloger Olimjon Haydarov qamoqqa olingan edi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

18:00 / 05.06.2025
Moskvada o‘g‘irlab ketilgan blogerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

19:22 / 04.04.2025
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?

14:40 / 14.03.2025