Moskva-sitiga uç kun içidagi ikkinçi dron hujumi — Rossiyaga dron zarbalari seriyasidagi sönggi hujum emasligi aniq.
Bu amaliyotlarning barçasi bitta vazifani bajarişga qaratilgan: Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari qömondonligi Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlarini frontdagi pozitsiyalardan çalğitişga harakat qilmoqda. Ukraina bu strategiyani Rossiyadan «köçirgan» deyiş ham mumkin: rossiyalik harbiylar ukrainlarning içki hududlariga kamikadze dronlar bilan hujum qilişni kuzdayoq boşlagandi. Ekspertlar öşandayoq dronlar (ular asosan elektr nimstansiyalariga hujum qilgandi) Ukraina elektr energiya ta’minotini uzoq vaqtga buziş uçun emas, balki ukrainlarning havo hujumidan himoya tizimlarini içki hududlardagi obektlarni qöriqlaş uçun jalb etiş va tanqis bölgan öq-dorilarni uçuvçisiz uçiş apparatlariga qarşi qöllaş uçun sarflaşga uçirilayotganini aytişgandi.
Ukraina dronlari esa Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlarini öq-dorilardan mahrum qilişi dargumon, lekin bu orqali Ukraina QKning qarşi hujumi vaqtida frontdagi himoya qismlarini öziga jalb qila oladi.
Moskvaga qanday dronlar uçib kelmoqda?
1 avgustga ötar keçasi kiçik miqdordagi portlovçi modda örnatilgan dron Moskva-Sitidagi binoning 21-qavatiga kelib urildi. Şahar ma’muriyati va mudofaa vazirligi bu dron oldingilari kabi havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan urib tuşirilgani va şundan keyin Moskva-Sitiga qulaganini bildirdi. 30 iyulga ötar keçasi uçib kelgan dron ham Sitidagi xuddi şu «hukumat» binosiga qulagandi. Ikki holatda ham jabrlanganlar bölmagan.
Bungaça şunday xususiyatlarga ega kamikadze dronlar Komsomolskiy prospekti va Novaya Moskvadagi binolardan biriga hujum qilgandi. May oyi oxirida Moskva şahri va uning çekkalariga kamida beşta dron hujum qilgandi.
Öşa kuni Moskva taşqarisida olingan videoda katta ehtimol bilan «Bober» droni aks etgan, bunday dronlar Ukraina mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasiga ham (dron hujumlari aynan şu idora tomonidan uyuştirilmoqda deb hisoblanadi) yetkazib beriladi. Bu apparat Ukrainaning özida işlab çiqarilmoqda, ammo bu iş bilan aynan qaysi kompaniya şuğullanayotgani — noma’lum). Bunday dronlar bir neça kun oldin Krasnodar ölkasidagi neftni qayta işlaş zavodiga uyuştirilgan hujumda ham qöllangandi. Oy boşida, 3 may kuni esa Kremlga ukrainlar tomonidan işlab çiqarilayotgan boşqa dronlar — UKRJET UJ-22 Airborne hujum qilgandi. Şuningdek, Ukraina qurolli kuçlari Rossiyaning çegaradagi oblastlariga zarbalar uçun xitoyliklarning Mugin-5 dronlarini qöllamoqda (işlab çiqaruvçi kompaniya bu dronlarni harbiy maqsadlarda işlatişni taqiqlaganiga qaramay).


















