Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) prognoziga köra, 2030 yilga borib, dunyo aholisining qariyb 45 foizi semizlikdan aziyat çekişi mumkin. Olimlar bu global muammoga soğlom turmuş tarzi orqali samarali yeçim topiş mumkin, degan xulosada.

Şundan kelib çiqib, JSST soğlom ovqatlaniş böyiça yangi tavsiyalarini e’lon qildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Unga köra, kundalik yoğ iste’moli kattalar ratsionidan joy olgan mahsulotlar umumiy quvvatining 30 foizidan oşmasligi kerak.

Jumladan:

- 10 foizgaça — töyingan yoğli kislotalar (yoğli göşt, sut mahsulotlari, qatiq, sariyoğ va boşqa turdagi yoğlar);

- 1 foizgaça — sanoat yöli bilan işlab çiqarilgan transyoğlar va hayvon yoğlari.

Qolaversa, JSST tavsiyalaridan şakar iste’molini çeklaşga doir körsatmalar ham joy olgan. Uning örniga sifatli uglevodlarni iste’mol qiliş foydali ekanligi qayd etilgan.

Har bir inson öz organizmi uçun zarur uglevodlarni, birinçi navbatda, don, sabzavot, meva va dukkakli mahsulotlardan olişi kerak.

Xususan, kattalar kuniga kamida 400 gramm meva-sabzavot tanovul qilişi maqsadga muvofiq.

Bolalar va ösmirlarning kunlik meva-sabzavotlar iste’moli esa quyidagi miqdorda bölişi tavsiya etiladi:

- 2-5 yoş — kamida 250 gramm;

- 6-9 yoş — kamida 350 gramm;

- 10 yoş va undan kattalar — kamida 400 gramm.