Qoraqalpoğistonning Xöjayli tumanida “Öztemiryöl” AJ balansida bölgan Xöjayli kasalxonasi SSVga ötkaziladigan böldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi “Davlat iştirokidagi korxonalarning aktivlaridan samarali foydalanişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida körsatilgan. Biroq kasalxona xodimlari va temiryölçilar qarordan keskin norozi ekanini Kun.uzʼga ma’lum qildi.

Holatga oydinlik kiritiş uçun tahririyat “Öztemiryöl” AJ matbuot xizmati bilan boğlandi. Ma’lum qilinişiça, Xöjayli kasalxonasi ixtisosligi bölmagani uçun Davlat boşqaruvi organlari va mahaliy ijro etuvçi hokimiyat organlariga keyinçalik samarali foydalaniş uçun davlat mulki sifatida 0 balans qiymatida operativ boşqariş huquqi asosida bepul ötkaziladigan obektlar röyxatiga kiritilgan.

Şuningdek, şifoxona nomi Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş birlaşmasiga qaraşli Narkologiya ilmiy tekşiriş institutining Taxiyatoş filiali nomiga özgaradi.

Lekin temiryölçilar bu kasalxonada bepul davolanib, tibbiy köriklardan ötib kelayotganini aytişmoqda. Ularning bildirişiça, Xöjayli kasalxonasida faqat tumanning özi emas, Qoraözakdan boşlab Şumanay tumanigaça bölgan hududda yaşab işlaydigan 2200ga yaqin temiryölçi davolanib keladi.

“Bizga bu yer juda qulay edi. Agar bu yer yopilsa Qönğirot yoki Urgançdagi temiryölçilar kasalxonasiga 100 kilometr yöl bosib borişimizga töğri keladi”, – deydi temiryölçi Tölqin Avezov.

Şu örinda “Öztemiryöl” AJning kasalxonani ixtisosligi bölmagani uçun yopilyapti degan vaji ham unça işonçliga öxşab körinmayapti. Çunki Qoraqalpoğistonda 1ta emas, 3ta temiryölçilarga xizmat körsatadigan şifoxona bor. Agar yopiladigan bölsa, ular ham ixtisosligi yöqligi uçun yopilişi kerak emasmi?

Ma’lumot uçun, kasalxona 1 kunda 150 qabulga möljallangan. 30 koykali statsionari bor. Şuning 20tasi temiryölçilar uçun bepul va qolgan 10tasi oddiy aholi uçun pulli xizmat körsatadi.

Bu kasalxonaning narkodispanserga aylantirilişi haqidagi gaplar şifoxona xodimlarini xavotirga solyapti.

“Yaqinda majlis qilib, kasalxona yopilsa, xodimlarni tumandagi poliklinikalarga tarqatib yuboriş, ularga iş topib beriş haqida aytişdi. Lekin biz bu gapga işonmaymiz. Çunki bizda 120 işçi işlaydi. Uning içida şifokorlar, hamşiralar va texnik xodimlar ham bor. Bularning hammasi SSV tarkibiga ötib, vazirlik ularni işga joylaştirişga va’da berdi. Aytişlariça, bizga Xöjayli, Taxiatoş va Nukus tumanlaridan iş topib berişar ekan. Biroq u tumanlardagi şifokor xodimlarning özi iş yöqligidan 0,25 foizda işlaşadi. Endi bizni qanday qilib u yerga 1 stavkaga olişlari mumkin. Biz işsiz qolişimiz aniq