Alişer Olimjonoviç Xalilov Andijon viloyati Qörğontepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Alişer Xalilov 1984 yilda Qörğontepa tumanining Dardoq qişloğida tuğilgan. 2004 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014 yilda prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi oliy maktabni tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida bir neça sanoat korxonalarida rahbarlik lavozimlarida işlagan.

Uşbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantiriş masalalari böyiça yordamçisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Qörğontepa tumaniga 2021 yil fevralidan buyon Elyorbek Nabijonov rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2023 yil iyulida prezident raisligidagi yiğilişda öndan ortiq tuman va şahar hokimlari qatorida işdan olingandi.