Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Ukrainaga yordami urush boshlanganidan beri 66 mlrd dollardan oshdi
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri AQSh rasmiylari Kiyevga harbiy, moliyaviy va humanitar yordam sifatida 66,2 milliard dollar yuborgan, deb hisoblab chiqdi The Washington Post.
Foto: AP
Ushbu mablag‘larning katta qismi - 44 milliard dollar harbiy yordam ko‘rinishida taqdim etildi.
AQShning 2023 yilga mo‘ljallangan mudofaa budjeti (1,77 trillion dollar) fonida bu ko‘rsatkich ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinadi, deya qayd etadi WP.
Shunga qaramay, AQShning Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani boshqa davlatlarga ko‘rsatayotgan yordamidan ancha yuqori, deb yozadi gazeta.
Masalan, 2022-2023 yillarda Isroil AQShdan 8,6 milliard dollar, Misr 3,3 milliard dollar, Iordaniya 2,9 milliard dollar olgan.
Avvalroq Ukraina AQShdan yana 1,25 milliard dollar miqdorida grant olgandi.
Mablag‘lar Jahon bankining Multidonorlik maqsadli fondi orqali o‘tkazib berilgan.
2023 yilda Ukraina Vashingtondan 8,45 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri budjetni qo‘llab-quvvatlash grantlarini olgan va harbiy harakatlar boshlanganidan beri davlat budjetiga AQShdan 20,4 milliard dollar mablag‘ kelib tushgan.
Ushbu mablag‘lar xavfsizlik va mudofaa sohasiga bevosita aloqador bo‘lmagan ijtimoiy va humanitar xarajatlarga, xususan, ijtimoiy yordam to‘lovlari va davlat xizmatchilarining maoshlariga sarflanadi.
Mavzuga oid
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026
Ukraina «sulh»ning birinchi kunida Rossiya bo‘ylab yuzlab dron uchirdi
18:10 / 08.05.2026
Hayot evaziga hayot: urush Ukrainada ayollar tanasini bozorga aylantirdi
11:29 / 08.05.2026