Toşkent Kimyo xalqaro universitetining “Axborot tizimlari muhandisligi” yönalişining 3-kurs talabasi Inoyat Rajabboyev respublikada qişloq xöjaligining asosi bölgan kombaynlar uçun yangi dastur yaratdi. Qoraqalpoğistonning Amudaryo tumanida kombaynçi oilasida ulğaygan Inoyat bu loyihaning yaralişi haqida öz hikoyasi bilan bölişdi:

“Yoşligimdan dasturçi bölişni orzu qilardim. Lekin maktabni tugatgan yilim öqişga kiriş nasib qilmadi. Noiloj ota kasb – kombaynçilikda işlay boşladim. Bu men öylaganimdan ança qiyin ekanligini öşanda sezdim. Keçalari kombaynim buzilib, töxtab qolardi. Ayniqsa şoli örimida köp bölardi bu holat, tuzatgunça 2-3 soatlab vaqtim ketardi. Şunaqa paytda buni qulayroq, osonroq yölini topiş kerakligi xayolimga kelardi. Lekin bunga yaraşa bilimim yöq edi. Otamning qöllab-quvvatlaşi bilan yana tayyorlanib keyingi yil bir neçta oliygohlarga hujjat topşirdim va Toşkent Kimyo xalqaro universitetiga qabul qilindim.

Universitetda 2 yil davomida olgan bilimlarim meni ança avval öylantirgan masala ustida boş qotirişga undadi va kombaynlarni boşqarişda foydalaniş uçun yangi dastur yaratdim. Bu dasturda kombayn boşqaruvi osonlaşadi, qaysi qismida nosozlik bölsa signal beriladi. Dastur kombaynga örnatiladi va ovozli tarzda kombaynçiga ma’lumot yetkazadi. Bu qişloq xöjaligida kombaynçilarning işini ança yengillaştiradi”.

Qişloq xöjaligi uçun mukammal dasturlar kerak

Talaba bu bilan töxtab qolmasligini aytadi, u yangi dasturni takomillaştiriş va funksiyalarni köpaytiriş ustida iş olib boryapti. Şu bilan birga universtitetda öz bilimlarini mustahkamlamoqda. Endilikda kombayndagi dastur orqali haydaladigan yer maydonini ölçaş, statistika töplaş mumkin böladi.

“Bu dasturdan foydalanişga buyurtmalar berişyapti. Hozirda yana ikkita dastur ustida işlayapman. Birgina Amudaryo tumanining özida 100ga yaqin kombaynlar bor. Ular bu dasturdan foydalaniş uçun buyurtmalar berişyapti. Taxminan 1500-2000 dollardan sotiş mumkin.

Asosiy maqsadim – qişloq xöjaligida işlaydigan odamlarga yengillik yaratiş. Qişloq xöjaligini avtomatlaştiriş maqsadida yangi texnologiyalarni işlab çiqarişni xohlayman. Kelgusida suv ta’minoti yönalişida inson omilisiz suvni tejab işlatişni yölga qöymoqçiman”.

Qahramonimizning hikoyasidan bilim bilan yuksalişning isbotini köriş mumkin. Bu bilimni esa Toşkent Kimyo xalqaro universitetida oliş mumkin.