Prezident qarori bilan general-mayor Davron Nazarmuhamedov Içki işlar vaziri örinbosari — Ma’naviy–ma’rifiy işlar va kadrlar bilan ta’minlaş departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Davron Abitoviç Nazarmuhamedov 1975 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1996–1998 va 1999–2002 yillarda Şayxontohur tumani IIB xodimi bölgan, 1998-1999 yillarda Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumani IIBda işlagan, 2002–2006 yillarda Toşkent şahar IIBB xodimi sifatida faoliyat körsatgan, keyinroq Özbekiston IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi boşliği örinbosari bölgan.
2014 yilga qadar Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi DXX) ijro apparatida işlagan.
2014–2015 yillarda Içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Özbekiston IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi boşliği bölgan.
2014–2015 yillarda prezidentning Taşkiliy-kadrlar işlari böyiça davlat maslahatçisi lavozimida işlagan.
2017–2019 yillarda ham içki işlar vazirining birinçi örinbosari bölgan, 2019 yil iyulida Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.
- Eslatib ötamiz, 2019 yil noyabridan buyon içki işlar vaziri örinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va kadrlar bilan ta’minlaş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Azizbek Ikromov iyul oyi oxirida Farğona viloyati IIB boşliği lavozimiga tayinlangandi.












