Polkovnik Ayubxon Rahmatullayev boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boşliği lavozimidan ozod etildi.

Rahmatullayev muqaddam içki işlar vazirining örinbosari – moliya va moddiy texnika ta’minoti boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan, 2021 yil martidan Andijon viloyati IIB boşliği bölgan, 2025 yil martida IIV rahbariga örinbosarlikka qaytarilgandi.

Uning endi qaysi işga ötayotgani hozirça ma’lum emas.

Şuningdek, general-mayor Davron Nazarmuhamedov Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining örinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy işlar va kadrlar bilan ta’minlaş departamenti boşliği lavozimidan ozod etilgan.

Davron Nazarmuhamedov 2014 yilga qadar Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi DXX) ijro apparatida işlagan. 2014–2015 yillarda Içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Özbekiston IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi boşliği bölgan. 2014–2015 yillarda prezidentning Taşkiliy-kadrlar işlari böyiça davlat maslahatçisi lavozimida işlagan.

2017–2019 yillarda ham içki işlar vazirining birinçi örinbosari bölgan, 2019 yil iyulida Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.

2023 yil vazir örinbosari lavozimiga qaytarilgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot yöq.