Qirğizistonda 2027 yil 1 yanvardan polimer plyonkali paketlar va plastmassa buyumlarni işlab çiqariş, sotiş va bepul tarqatiş taqiqlanadi. Prezident Sadir Japarov tegişli qonunni imzoladi.
Qabul qilingan hujjat polimer materiallarning Qirğiziston aholisi salomatligi va atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirişga qaratilgan. Şuningdek, polietilen paketlar va plastik buyumlarni olib kiriş ham taqiqlanmoqda.
Şu bilan birga, Qirğizistonning alohida muhofaza etiladigan tabiiy va biosfera hududlarida 2024 yil 1 yanvardan boşlab polimer plyonkadan tayyorlangan plastik buyumlar va paketlar işlab çiqarişga ham taqiq joriy etildi. Eksport uçun işlab çiqarilgan paketlar, biologik parçalanadigan polimer materiallardan tayyorlangan, tutqiçlari bölmagan va maişiy ehtiyojlar uçun sotiladigan paketlar bundan mustasno.
Savdosi taqiqlangan plastik mahsulotlar röyxatiga quyidagilar kiritilgan: bir martalik plastik idişlarning barça turlari, bir martalik plastik oziq-ovqat qadoqlari, plastik şişa, plastik kapsulalar va oziq-ovqat uçun plastik sumkalar.

















