Ukrainada urushning 533-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Bryansk oblasti ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, ikki kishi yaralandi, deb xabar bergan region gubernatori.
- Polsha Belarus bilan chegaraga o‘n ming harbiy joylashtiradi.
- Rossiyalik harbiylar Zaporijjyani o‘qqa tutdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralangan.
- Sud Ukraina madaniyat vazirligining Ukraina provoslav cherkovining Kiyev-Pechersk lavri «mulkidan foydalanishdagi to‘siqlarni bartaraf etish» bo‘yicha da’vosini qanoatlantirdi. Endi monaxlar hududdan chiqarib yuborilishi mumkin.
- RF bosh prokuraturasi Conflict Intelligence Team’ni «xush ko‘rilmaydigan» tashkilot deb e’lon qildi.
- «Yandeks» asoschilaridan biri Arkadiy Voloj 2022 yil fevralidan buyon ilk bor urush bo‘yicha bayonot berib, Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoraladi.
- RF mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Sevastopolga 11 dron tomonidan uyushtirilgan hujum bartaraf etilganini ma’lum qildi.
- Moskva shahri meri Sergey Sobyanin xabar berishicha, shaharga kirib kelishda ikki dron urib tushirilgan. Vnukovo va Domodedovo aeroportlarida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishda cheklovlar joriy etilgan.
Kun kadri. Donetsk oblastidagi oldingi chiziq

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency/ABACAPRESS/ddp images / Vida Press
Zaporijjya bo‘ylab zarbalar
Zaporijjya oblasti rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Zaporijjya shahri bo‘ylab raketa zarbasi yo‘llanishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 16 kishi





























