Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi
Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushdi. Bunga ehtiyotsizlik sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Guvohlar beton konstruksiyalar qulashi oqibatida kuchli shovqin eshitilganini aytishgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida ehtiyotsizlik oqibatida yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushdi. Guvohlar beton konstruksiyalar qulashi oqibatida kuchli shovqin eshitilganini aytishgan. «O‘zbekiston temir yo‘llari» holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, holat 12 avgust kuni Toshkent shahar hokimiyati «Yagona buyurtmachi xizmati» IK buyurtmachiligida «Ko‘prikqurilish» tresti UK tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi va Sodiq Tolipov ko‘chasiga chiqish va tushishga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni zamonaviy qurilish standartlari asosida qayta qurish obektida sodir bo‘lgan.
Temir-beton oraliq qurilmalarini (balka) kran yordamida montaj qilish jarayonida ehtiyotsizlik oqibatida bir-biriga urilib, 5 dona balka montaj joyidan tushib ketgan.

Balkalar asosiy yo‘l emas, balki vagon deposiga tegishli shoxobcha yo‘liga tushgan bo‘lib, bu holat poyezdlar qatnoviga ta’sir qilmagan.
Voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Tafsilotlar o‘rganilayotgani, tekshirishlar natijasida batafsil ma’lumot berilishi aytilgan.
Mavzuga oid
10:20 / 10.04.2026
FVV: Toshkentdagi Askiya bozorida ayrim do‘konlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
21:21 / 26.03.2026
Tom ustidagi tortishuv: “Kislorod” turar joy majmuasidagi qo‘shimcha qurilishdan qo‘shnilar norozi
09:20 / 07.03.2026
Yakkasaroyda 101 mln so‘m olgan gaz ta’minoti sohasi xodimi ushlandi
08:13 / 27.02.2026