Uruşning eng qizğin pallasida Ukrainada korrupsiyaga qarşi kampaniya boşlandi
|17:53 / 15.08.202332 94414 min
Zelenskiy jamoasi içki inqirozni bartaraf eta oladimi?
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmatiFoto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Uzoq çözilgan uruş Ukrainada korrupsiya uçun yangi imkoniyatlar yaratdi. Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti ma’lumotlariga köra, ukrainaliklar korrupsiyani mamlakatdagi Rossiya agressiyasidan keyingi ikkinçi eng muhim muammo deb biladi (bu nuqtayi nazarni respondentlarning 89 foizi qöllab-quvvatlagan). Volodimir Zelenskiy jamoasi davlat apparatida tergov va tozalaş işlarini boşlab yubordi, biroq bu çoralar hali ham yetarliça tizimli emas.
Şu bilan birga, markaziy hukumat aholining şaharlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştirişga sarflangan mablağlardan noroziligidan özining xalq tomonidan saylangan merlar bilan uzoq yillik ziddiyatida foydalanmoqda. Jurnalist va Ukraina siyosatining mustaqil tadqiqotçisi Konstantin Skorkin uruş avjidagi aksilkorrupsiya kampaniyasi haqida fikrlarini bildirdi.
Zelenskiy ofisi mahalliy hokimiyatlarni maqsadsiz xarajatlarda aybladi. Kiyev ma’muriyati plitkalarni almaştiriş — injiqlik emas, balki hatto uruş paytida ham zarurat deya javob bergan.
Ukraina janubi va şarqida davom etayotgan janglar, şuningdek, mamlakatning boşqa hududlari öqqa tutilişi fonida Ukraina şaharlarida keng kölamli obodonlaştiriş kampaniyasi boşlandi. Budjet taqçilligi va çet el yordamiga qaramlik kuçayib borayotgani hisobga olinsa, plitkalarni qayta yotqiziş va kökalamzorlaştiriş işlari eng kamida öz vaqtida amalga oşirilmayotgandek körinadi.
Muammo, ayniqsa, Kiyevda keskin, çunki prezident devoni va şaharni boşqarayotgan Vitaliy Kliçko örtasidagi siyosiy mojaro Volodimir Zelenskiy hokimiyatga kelgan paytdan beri töxtagani yöq. Kiyev şahar hokimiyatining öziga xosligi şundaki, Kliçko ikkita rolni — xalq tomonidan saylangan mer va prezident tomonidan tayinlangan şahar ma’muriyati rahbari lavozimlarini birlaştiradi. Prezident devoni uzoq vaqtdan buyon uning vakolatlarini çeklaşga harakat qiladi va şahar xöjaligidagi har qanday muammo navbatdagi qarama-qarşilikni keltirib çiqaradi.
2023 yil yoz fasli boşida Favqulodda vaziyatlar böyiça Davlat xizmati tekşiruvi Kiyevdagi fuqarolik mudofaasi boşpanalarining taxminan uçdan bir qismi foydalanişga yaroqsiz holatda ekanini körsatdi. Keyinroq şahar rayonlaridan birida boşpanalarga «bolalar ruhiyatini kötariş uçun» barabanlar va yangi namunadagi blenderlar sotib oliş rejalaştirilgan tender natijalari keng ommaga ma’lum böldi. Kiyev meriyasi qattiq tanqidga uçradi. Prezident devoni Kliçkoni real vakolatlardan mahrum qiliş maqsadida şahar ma’muriyatidagi uning örniga allaqaçon boşqa nomzod topgani haqida miş-mişlar tarqaldi. Lekin iş yana iste’fogaça bormadi.
Mavzuga oid
Kiyevdagi bombapanagoh. 2023 yil 5 iyun
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Kliçkoga qarşi yangi tanqidlar tölqini şahar markazidagi Bogdan Xmelnitskiy köçasidagi brusçatkalar almaştirilişi tufayli kötarildi. Vaziyat şu qadar rezonansli böldiki, Zelenskiy unga izoh berdi. Ivano-Frankovskda bölib ötgan mintaqaviy hokimiyatlar Kongressida prezident (Kliçkoga aniq işora bilan) şunday degan: «Mahalliy hokimiyatning ba’zi vakillari mendan xafa bölmasin, şu aniqki, hozir brusçatkalarni almaştiradigan vaqt emas».
Ayni vaqtda obodonlaştiriş front çiziğidan uzoqda joylaşgan şaharlarda davom etmoqda. Misol uçun, Lviv meriyasi şaharni bir million grivnaga kökalamzorlaştirişga qaror qilgan, Volin oblastida esa stadionni katta pulga ta’mirlaş işlari boşlangan. Köngillilar tomonidan front ehtiyojlari yoki qoçqinlarga yordam körsatiş uçun töxtovsiz yiğimlar taşkil qilinayotgan bir paytda oblast ma’muriyatlari tomonidan bunday mablağlar sarflanişi tuşunarli norozilikka sabab bölmoqda. Öz navbatida, mahalliy rahbarlarni muntazam ravişda tanqid qiladigan markaziy hukumat bundan aniq foydalanadi. Hukmron «Xalq xizmatkori» partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari David Araxamiya mahalliy hokimiyatlarga ularning vakolatlarini çeklaş bilan tahdid qildi.
«Agar siz töxtamasangiz, asosiy ehtiyojlar bölmagan, bizni heç qanday tarzda ğalabaga yaqinlaştirmaydigan narsalarga pul sarflaşni bas qilmasangiz, parlament harbiy holat davri uçun qonunçilik çeklovlarini kiritadi», degan u.
Araxamiya aytgan çora-tadbirlar Ukraina hukumati tomonidan ança vaqtdan beri körib çiqilmoqda. 2022 yil yozida moliya vazirligi fuqarolarning daromad soliğidan tuşgan mablağlarning bir qismini hududlardan olib qöyişni taklif qilgandi. Hukumat ekspertlari ta’kidlaşiça, uruş davrida bir qator mintaqalarda bu daromad u yerda joylaşgan harbiylarga tölanadigan tölovlardagi soliq imtiyozlari hisobiga köpaygan. Umuman olganda, uşbu daromadlar 2023 yilning atigi beş oyida mahalliy budjetlarning 61,5 milliard grivnagaça bölgan (1,5 milliard yevrodan ortiq) ijobiy saldosini ta’minlagan.
«Muammo şundaki, ba’zi jamoalar harbiylardan olingan pulning 100 foizini xavfsizlik va mudofaa ehtiyojlari uçun qaytaradi, boşqalari esa kattalaşgan budjetdan brusçatka va stadionlar uçun foydalana boşlaydi», deb yozadi parlamentning mahalliy özini özi boşqariş qömitasi a’zosi Vitaliy Bezgin.
Mahalliy hokimiyatlar qöşimça soliq tuşumlari notekis taqsimlanganini ta’kidlab, bu fikrga qarşi çiqadi. Ularning aytişiça, soliq tuşumlari front orti hududlarda front yaqinidagi hududlarga qaraganda ança past. Kiyev rasmiylari fikriça, tirbandlikka boy Kiyev uçun brusçatkalarni almaştiriş prezident aytgandek injiqlik emas, balki hayotiy zaruratdir. Vitaliy Kliçkoning Kiyev ma’muriyatidagi örinbosari Nikolay Povoroznikning sözlariga köra, mahalliy hokimiyatlar agar markazdan ma’lum bir harbiy qism xaridlarini moliyalaştiriş böyiça körsatma olsa, mudofaa ehtiyojlari uçun mablağ ajratişga doim tayyor.
Şu bilan birga, hukumat çeklovlarning boşqa variantlariga ega — masalan, harbiy holat şartlariga köra, ğazna harbiy ehtiyojlar moliyalaştirilmagunça obodonlaştiriş işlariga pul ajratmaslik huquqiga ega.
Aslida, uruş 2020 yildan beri davom etayotgan markaz va mintaqalar örtasidagi kuraşning qöşimça foniga aylandi. Hozir markaziy hukumat harbiy vaziyatdan foydalanib, bir vaqtning özida ikkita maqsadga erişişga intilmoqda — lokal miqyosdagi korrupsiyani yöq qiliş va hududlardagi noqulay siyosatçilardan qutuliş.
Markaziy hukumatga ham savollar bor. «Xalq xizmatkori» partiyasi deputatlari Maldiv orollarida dam olmoqda, madaniyat vazirligi esa köngiloçar seriallar oliş uçun millionlab mablağ xarj qilmoqda
Öz navbatida, Ukraina markaziy rahbariyati vakillari ustidan ham yetarliça şikoyatlar bor. «Bigus.info» jurnalistlari Kiyev oblastida, jumladan Rossiya harbiy jinoyatlari timsoliga aylangan Buça va Borodyankadagi qayta tiklaş işlaridagi qonunbuzarliklar haqida gapirgan. Hudud amaldorlari (ular markaz tomonidan tayinlanadi) rekonstruksiya işlariga allaqaçon jinoiy tergovda iştirok etayotgan malakasiz pudratçilar va firmalarni jalb qilgan. Köp holatlarda korrupsiyaning barça belgilari mavjud va allaqaçon rasmiy tergov boşlangan. Önlab million grivna qiymatidagi şartnomalarning aksariyati tendersiz tuzilgan va Prozorro elektron davlat xaridlari tizimida körsatilmagan.
Yana bir jiddiy mavzu — bu hukumatning madaniy-propaganda tadbirlariga xarajatlardir. Golodomor muzeyini qurib bitkaziş uçun madaniyat vazirligi tomonidan 594 million grivna (14 million yevro) miqdoridagi mablağ ajratilişi haqidagi xabar katta rezonansga sabab böldi. Quriliş smetasi keng kölamli uruşdan oldin tasdiqlangandi, ammo Zelenskiy qizğin muhokamalardan söng bu qarorga veto qöydi. Şuningdek, hukumat Kiyevdagi ulkan «Ona vatan» haykali qalqonidagi sovet gerbini «trizub» bilan almaştiriş uçun 28 million grivna (670 ming yevro) sarflagani ham köplab savollar tuğdirdi. Töğri, madaniyat vazirligi yangi dizayn davlat emas, homiylik pullari hisobidan amalga oşirilganini ta’kidlagan.
Kiyevdagi «Ona vatan» yodgorligi sovetlar gerbi trizubga almaştirilganidan keyin. 2023 yil 6 avgust
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Bundan biroz oldin Oleksandr Tkaçenko madaniyat vaziri lavozimidan böşatildi (u Volodimir Zelenskiy bilan televideniyeda birga işlagan davrdan buyon taniş edi). Bundan oldin muxolifatdagi Petro Poroşenkoning «Yevropaça birdamlik» partiyasi Prozorro tizimida köngiloçar seriallarga millionlab dollar sarflangani haqidagi ma’lumotlarni aniqlagan va Tkaçenkoni «uruş davridagi jirkanç talonçi» deya ayblagandi. Tkaçenkoning özi harakatlari Ğarbdan olingan maqsadli moliyalaştiriş ekani va bu pulni boşqa narsaga sarflab bölmasligi bilan izohladi. Şunga qaramay, Zelenskiy uni işdan böşatişni afzal kördi.
Prezident jamoasidagi sönggi iste’folarning ba’zilari uning öz taşabbusi (jurnalistik tekşiruvlari natijalariga köra bölsa ham) natijasidir. 2023 yil boşida ijro hokimiyati mansabdor şaxslarining köplab işdan böşatilişidan söng (öşanda Aleksey Arestoviç ham prezident devonini tark etgan edi), navbat hukmron «Xalq xizmatkori» partiyasi deputatlariga keldi. Avvaliga xizmat safari bahonasida Maldiv orollariga dam olişga ketgan Yuriy Aristov kursisidan ayrildi, keyin esa Andrey Xolodov – u göyo oilasini davolaniş uçun olib ketgan va olti oydan beri mamlakatga kelmagan.
Şu bilan birga, 2023 yil yanvar oyida deputatlar va mansabdor şaxslarga uzrli sabablarsiz mamlakatni tark etiş taqiqlangandi. Ammo, garçi muxolifatdagi parlament a’zolari Zelenskiy ofisi qarori bilan ularga mamlakatdan çiqib ketiş amalda taqiqlanganidan şikoyat qilgan bölsa-da, bugungi kunga qadar qonun töliq kuçga kirmagan.
Harbiy komendaturalardagi korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça umummilliy kampaniya doirasida yuzdan ortiq jinoyat işi qözğatilgan. Ammo muammoni tizimli ravişda qanday hal qiliş hali ham noaniq
Va nihoyat, korrupsiyaning uçinçi qatlami — harbiy komendaturalardagi korrupsiya. Bu unçalik aniq siyosiy kontekstga ega emas, ammo uruş şaroitida oldingilardan kam bölmagan jamoatçilik e’tiroziga sabab böldi. Masalan, keng kölamli uruş davrida Odessa oblasti harbiy komissari Yevgeniy Borisov Ispaniyada tört million yevrodan ortiq summadagi köçmas mulk sotib olgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, Borisov xizmatdan soxta keçiktiriş, safarbarlikdan ozod qiliş va mamlakatni tark etişga ruxsat beruvçi boşqa hujjatlar bilan savdo qilgan. Holbuki ilgari Odessa oblasti plyajlarda çaqiruv qoğozlari beriş va harbiy xizmatdan böyin tovlaganlarni qattiq qölga oliş oliş bilan maşhur bölgandi. Borisov yaşirinişga uringan va Kiyevda hibsga olingan. Katta ehtimol bilan, u poytaxtga yuqori martabali homiylardan himoya sörab borgan.
Yevgeniy Borisov sud zalida
Ruslan Kaniuka / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Borisov foş etilgandan söng, Zelenskiy hududiy askarlikka yollaş markazlari işini butun Ukraina böylab tekşirişni buyurdi. Buning uçun Ukraina xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Davlat tergov byurosi va korrupsiyaga qarşi kuraş idoralari vakillaridan maxsus guruh tuzildi. Natijalar özini uzoq kuttirmadi, masalan, Kiyevda ön ming dollar evaziga çaqiruv yoşidagi erkaklarga Ukrainani tark etişga yordam bergan davlat ma’muriyatining mansabdor şaxsi (va bu bilan bir vaqtda Ukraina qurolli kuçlarining quruqlikdagi qöşinlari qömondonligi ştab-kvartirasi bölimlaridan birining rahbari, uning ismi oşkor etilmadi) qamoqqa olindi. Karpatorti rayon harbiy komendanti rasmiy vakolatlarini suiiste’mol qilişda gumon qilingan: u askarlarni şaxsiy xöjaligida, yangi uy qurişda işlaşga majbur qilgan. Şuningdek, front çiziği zonasidagi «voenkomat» xodimlari ham qölga olingan — Donetsk va Dnipropetrovsk oblastlaridagi harbiy xizmatga çaqiriş bölimlari boşliqlari soxta hujjatlar beriş va noqonuniy boyitişda ayblanmoqda.
Umumiy hisobda Davlat tergov byurosi tomonidan «voenkomat»lar xodimlariga nisbatan 112 ta jinoyat işi qözğatilgan. «Tekşiruv juda köp suiiste’mollikni aniqladi. Oçiği bu jirkanç», degan Zelenskiy.
Mudofaa vazirligidagi korrupsiya allaqaçon jamoatçilik diqqat markaziga tuşgan: Ukraina qurolli kuçlari uçun oziq-ovqat mahsulotlarini oşirilgan narxlarda sotib oliş bilan boğliq mojaro 2023 yil qişida mudofaa vaziri Aleksey Reznikovni sal qolsa lavozimidan ayirardi. Hozir boşlangan kampaniya, şubhasiz, hukumat foydasiga işlaydi, lekin avvalgi şunga öxşaş işlar kabi, bu tizimli iş emas, köproq foş etilgan faktlarga reaksiyadek körinmoqda. Korrupsiyaning oldini oliş milliy agentligi rahbari örinbosari Artyom Sitnikning qayd etişiça, tizimli xavf şundaki, ular uruş paytida «mamlakatga zarar yetkazmaslik va duşmanona narrativlar bilan öynaşmaslik» uçun muammoni yaşirişni afzal köradi.
Endilikda mudofaa vazirligi korrupsiyaning oldini olişning samarali körinuvçi, ammo samarali bölişi juda ham şart bölmagan tizimli usullarini qattiq izlamoqda. Variantlardan biri — işçilarni rotatsiya qiliş va «voenkomat»larga «ğoyaviy ruhlangan» faxriylarni, şu jumladan, frontda nogiron bölib qolgan harbiy xizmatçilarni jalb qilişdir. Ukraina 2023 yil oxiriga qadar barça hududiy armiyaga yollaş markazlari rahbariyatining deyarli uçdan bir qismini uruş faxriylari bilan almaştirişni rejalaştirmoqda. Muhokama qilinayotgan yana bir islohot — bu korrupsion sxemalarni yaratiş uçun zarur aloqalarga ega bölmagan boşqa hududlar aholisini harbiy komissar etib tayinlaşdir.
Hozirça Volodimir Zelenskiy yaqin orada kadrlar sohasida tozalaş ötkazilişini ma’lum qildi. «Biz nihoyat davlat muassasalaridagi özining eski sxemalari va odatlariga haddan taşqari boğlangan odamlardan qutulişni boşlaymiz», degan prezident. Ammo bu işlaş prinsiplarini emas, balki şaxslarni almaştirişga ham öxşaydi.