Reglamentga köra, ariza beruvçi davlat xizmatidan foydalaniş uçun davlat xizmatlari markaziga özi kelib murojaat etadi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali röyxatdan ötadi.

Sörovnoma töldirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ)ga yuboriladi.

Vakolatli organ sörovnoma tuşgan kundan boşlab 5 iş kuni mobaynida auditorlik taşkilotini reyestrga kiritadi yoki uni rad etadi. 

Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatini körsatişni rad etadi:

ariza beruvçi tomonidan tegişli kamçiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
auditorlik taşkiloti “Auditorlik faoliyati töğrisida”gi qonunning 27-moddasi talablariga muvofiq bölmasa. 

Davlat xizmati körsatilganlik uçun tölov undirilmaydi.