Dehli şahridagi Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportda hindistonlik bojxonaçilar oltin kontrabandasi bilan şuğullanişda gumonlanayotgan sakkiz nafar Özbekiston fuqarosini qölga olgan. Operatsiya natijasida qiymati 2,92 million rupiyga (35 ming 150 dollar) teng tilla zanjirlar musodara qilingan. Bu haqda mamlakat Bojxona departamentiga tayanib, mahalliy naşr xabar berdi.

Qayd etilişiça, uç nafar ayol 15 avgust kuni Toşkentdan yetib kelgan va bojxona xodimlari tomonidan töxtatilgan. Ularning yuklari közdan keçirilganda, qöl yukining orqa qismiga mahkamlangan içi böş metall qutiga yaşirilgan, umumiy oğirligi 5,3 kilogramm bölgan 50 ta tilla zanjirlar topilgan. Tekşiruvdan söng, sakkiz nafar yölovçi zudlik bilan hibsga olingan. Ularning barçasi özbekistonlik ekani aytilmoqda.

“Oltin kontrabandasi butun dunyo mamlakatlari, jumladan, Hindiston uçun ham asosiy muammo bölib qolmoqda. Oltinga bölgan yuqori talab va yuqori import bojlari uni kontrabanda uçun foydali tovarga aylantirdi. Bu voqea xalqaro kiriş va çiqiş nuqtalarida doimiy huşyorlik va qat’iy xavfsizlik çoralari zarurligini yana bir bor kun tartibiga olib çiqdi. Tergov davom etar ekan, uşbu operatsiya ortidagi tarmoqni oçiş ham juda muhim böladi. Bu nafaqat qöşimça jinoyatçilarni aniqlaşga yordam beradi, balki bunday operatsiyalar hajmini tuşunişga va ularga qarşi samarali kuraşiş strategiyasini işlab çiqişga imkon beradi”, deyiladi xabarda.

Özbekiston bojxona qömitasi rasmiysi  Husan Tangriyev maskur holat böyiça izoh berdi.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Zargarlik buyumlarini işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va mahalliy zargarlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 2022 yil 23 dekabrda qabul qilingan va joriy yil 11 yanvardan kuçga kirgan PQ-452-son qarori bor.

Qarorga binoan jismoniy şaxslar qiymati 100 mln sömgaça bölgan tayyor zargarlik buyumlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldirmasdan, 100 mln söm va undan ortiq bölganlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasi asosida Özbekiston Respublikasi bojxona hududidan taşqariga olib çiqişlari mumkin.

Zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçi yakka tartibdagi tadbirkorlar zargarlik buyumlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldirgan holda, ma’lumotlarni Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan Özbekiston Respublikasi bojxona hududidan taşqariga tijorat maqsadlarida olib çiqişlari mumkin.

Ya’ni, erta xulosa çiqarişga şoşilmang - qaysidir mamlakatda noqonuniy olib kirişda töxtatib qolingan tovar boşqa mamlakatdan ham noqonuniy ravişda olib çiqilganini anglatmasligi mumkin», deya yozdi Tangriyev.