Xalqaro olimlar jamoasi ekranlardan kök nurni tösib qöyuvçi «kompyuter közoynaklari» xususiyatlarini sinovdan ötkazdi va ular aslida közni himoya qiliş uçun foydasiz degan xulosaga keldi.

Melburn universiteti (Avstraliya), Monaş universiteti (Avstraliya) va London Siti universiteti (Buyuk Britaniya) tadqiqotçilari olti mamlakatdagi hamkasbining 17 ta maqolasini örganib çiqdi. Tadqiqot kölamiga qarab, 5 nafardan 156 nafargaça kişi bir kundan beş haftagaça kuzatib borildi.

Ma’lum bölişiça, ularning heç birida kök nurni tösuvçi közoynakning samarali ekani haqida işonçli dalillar yöq. Ular közning umumiy holatiga ta’sir qilmaydi, uyqu sifatini yaxşilamaydi va reklamalarda aytilganidek, közning vizual qobiliyatini oşirmaydi.

«Inson közi sun’iy manbalardan, masalan, kompyuter ekranidan oladigan kök yoruğlik miqdori tabiiy kunduzgi yoruğlik nurining mingdan bir qismini taşkil qiladi. Şuni ham yodda tutiş kerakki, uşbu közoynaklar ma’lum bir mahsulotga qarab, faqat 10-25 foiz kök nurni filtrlaşi mumkin. Yanada samarali bölişi uçun ularning linzasi xuddi qahrabo kabi töq sarğiş rangga ega bölişi kerak, bu esa ranglarni ilğaş qobiliyatiga sezilarli ta’sir qiladi», dedi Şumer Singx, tadqiqotning yetakçi muallifi.

Olimlar qat’iy xulosalar çiqariş uçun kengroq tadqiqot ötkaziş kerakligini tan olişadi. Misol uçun, közoynakni uzoq muddat işlatişning samarasi böyiça heç qanday xulosa yöq. Biroq, oraliq natijalar közlarni kök nurdan himoya qiliş - közoynak sotuvçilar tomonidan ixtiro qilingan afsona ekanini tuşuniş uçun yetarli.