«O‘zbekneftgaz» 2023 yil uchun gaz qazib olish prognozini pasaytirdi
«O‘zbekneftgaz» 2023 yil uchun tabiiy gaz qazib olish prognozini 34,1 milliard kub metrdan 32,3 milliard kub metrga pasaytirdi. Bu konlardagi zaxiralarning qisqarishi bilan bog‘liq.

«O‘zbekneftgaz» 2023 yil uchun tabiiy gaz qazib olish prognozini 34,1 milliard kub metrdan 32,3 milliard kub metrga pasaytirdi. Bu haqda Gazeta.uz kompaniya boshqaruv raisining transformatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Behzod Usmanovga tayanib, xabar berdi.
«Qazib olish prognozi biroz kamroq, taxminan 1,8 milliard kub metr. Bu konlardagi zaxiralarning qisqarishi bo‘yicha qilgan prognozlarimiz o‘zini oqlamagani sababli sodir bo‘ldi. Ular jadal sur’atda qisqarib bormoqda. Biz ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rayotgan chora-tadbirlar ishlab chiqarish darajasini 34,1 milliard kub metrda ushlab turish uchun yetarli emas», - degan Behzod Usmanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv ishlarini olib borish va yangi konlarni ochish uchun ko‘proq sarmoya kerak.
Behzod Usmanov 2026 yilgacha gaz qazib olish bo‘yicha prognozni 2022 yilning noyabrida O‘zbekiston iqtisodiy forumida e’lon qilgandi. O‘shanda u 2023 yilda 34,1 milliard kub metr gaz qazib olish, jumladan, geologiya-qidiruv ishlari hisobidan 1,8 milliard kub metr gaz qazib olish rejalashtirilganini aytgandi. Ammo fevral oyida prognoz 32,8 milliard, hozir esa 32,3 milliard kub metrgacha qisqardi.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda gaz qazib olish 53,8 mlrddan 51,66 mlrd kub metrgacha yoki 4 foizga kamaygandi.
2023 yilning yanvar-iyun oylaridagi gaz qazib olish ko‘rsatkichlari:
- Yanvar – 4,31 mlrd kub;
- Fevral – 3,85 mlrd kub;
- Mart – 4,16 mlrd kub;
- Aprel – 3,94 mlrd kub;
- May – 3,6 mlrd kub;
- Iyun – 3,7 mlrd kub.
Joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida gaz qazib olish hajmi 23,56 mlrd kub metrni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,51 mlrd kub metr (2022 yilning yanvar-iyun oylarida 26,07 mlrd kub metr bo‘lgan) yoki 9,6 foizga qisqargan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Menga bu medal va qog‘ozlarning keragi yo‘q» – Washington Post Sumiga raketa zarbasi kunidagi taqdirlashda qatnashgan harbiylar bilan gaplashdi
Jahon | 19:16
-
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi
Jamiyat | 19:14
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 19:12
-
AQShda samolyot dvigatelga yovvoyi quyon kirib ketishi sabab favqulodda qo‘ndirildi
Jahon | 19:04
Mavzuga oid

12:53
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

11:00 / 15.04.2025
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi

07:29 / 15.04.2025