Rossiyaning “Forus” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Gasli Gaz Storage” MChJ QK Gazli gazni yerostida saqlash inshootining quvvatini uch barobardan ko‘proqqa – 10 mlrd kubga yetkazish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda gaz ombori smena boshlig‘i Elbek Qandimov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Loyihaning birinchi bosqichida gazni yerosti gaz inshootida saqlash 3 mlrd kubdan 6 mlrd kubgacha oshirilib, ikkinchi bosqichda 6 mlrd kubdan 10 mlrd kubga yetkaziladi. Bugungi kunda “GKS 6A” kompressor stansiyasining qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Siemens kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita SGT-750 gaz turbinasi o‘rnatilgan”, - deydi Elbek Qandimov.
Telekanal reportajida aytilishicha, Gazli gazni yerostida saqlash inshootining hajmini 10 mlrd kub metrgacha yetkazish hamda Gazli konining gaz va neft uyumlarida qo‘shimcha geologiya qidirish ishlarini bajarish, ularni yakunlovchi bosqichda ishlatish loyihasi oktyabr oyida to‘liq quvvatda ishlay boshlaydi.
“Uzoq vaqt mobaynida ekpluatatsiya qilib kelinayotgan “Gazli” konini qayta ishlash va 6 ta gorizontdan gaz qazib olish, bitta gorizontdan neft qazib olishni ko‘paytirish nazarda tutilgan”, - deyiladi lavhada.
Qo‘shimcha qilinishicha, korxonada 2025 yilga qadar ikkinchi bosqich loyihasi ishga tushiriladi.
Loyihaning umumiy qiymati – 557,4 mln dollar. Shundan korxonaning to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya miqdori 268,7 mln dollarga teng, yillik daromad 580 mlrd so‘m, budjetga soliq tushumlari 60 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Umumiy ishlab chiqarish quvvati sutkasiga o‘rtacha 28-30 mln kub metr.
Gazli gaz ombori hajmini kengaytirish loyihasi
Gazli gazni yerostida saqlash inshootining hajmini 10 mlrd kub metrgacha oshirish prezidentning 2022 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
2020-2025 yillarga mo‘ljallangan loyiha doirasida nafaqat inshoot hajmini oshirish, balki Gazli konining gaz va neft uyumlarida qo‘shimcha geologiya-qidiruv ishlarini bajarish va ularni yakunlovchi bosqichda ishlatish loyihasini amalga oshirish ham rejalashtirilgan, unga ko‘ra:









