Özbekistondagi strategik ahamiyatga ega 31 ta aksiyadorlik jamiyatlari va davlat korxonalarining 2022 yil hamda 2023 yilning 1-yarim yilligidagi aktivlari harakati va holati tahlil qilindi. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Foyda va zarar

Tegişli hisobot davrlarida strategik ahamiyatga ega 31 ta aksiyadorlik jamiyatlari va davlat korxonalarining 25 tasi sof foyda hamda 6 ta davlat korxonasi zarar faoliyatini yakunlagan.

2022 yilda faoliyatini sof foyda bilan yakunlagan korxonalar yuqori 5 taligidan «Navoiy KMK» AJ, «Olmaliq KMK» AJ, «Özavtosanoat» AJ, «Özbekneftgaz» AJ, «Özmilliybank» AJ (2023 yilning 1-yarim yillik natijasiga köra «Özmilliybank» AJ yuqori 5 talikdan örnini «Öztransgaz» AJ böşatib bergan) örin egallagan. Yuqori 5 talikka kirgan korxonalarning 31 ta strategik korxonalar tomonidan olingan jami sof foydadagi uluşi qariyb 70 foizidan ortiqni taşkil etadi.

Öz navbatida, 2022 yil hamda 2023 yilning 1-yarim yillik yakuni bilan 25 ta strategik korxonalar içidan eng köp sof foyda «Navoiy KMK» AJ tomonidan işlab topilgan. Bunda, 2022 yilda 25 ta strategik korxonalar tomonidan olingan sof foydaning 50,1 foizi (15,4 trln söm) «Navoiy KMK» AJga töğri keladi. 2023 yilning 1-yarim yilligida bu körsatkiç 34,5 foiz (7,8 trln söm)ni taşkil qilgan.

Şu bilan birga, tegişli hisobot davrida 6 ta davlat korxonasi öz faoliyatini zarar bilan yakunlagan bölsa, şundan 5 ta korxona ikkita hisobot davrida ketma-ket zarar bilan çiqqan. Ular qatoriga «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «UzGazTrade» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Toşşahartransxizmat» AJ va «Özbekiston temir yöllari» AJ kirgan.

Bunda, 2022 yil yakunida eng yirik zarar bilan çiqqan korxona «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hisoblanib, 2022 yilda 4,3 trln söm (jami zarardagi uluşi 36,4 foiz) va 2023 yilning 1-yarmida 1,3 trln söm (jami zarardagi uluşi 19,9 foiz) zarar körgan.

Aktivlar

Strategik korxonalarning 2023 yilning 1 iyul holatiga jami aktivlari 1 kvadrillion 45,3 trln sömni taşkil qilib, 2023 yilning 1 yanvariga nisbatan 4,3 foizga (44,4 trln söm) köpaygan.

Biroq ötgan davrga nisbatan 10 yaqin davlat korxonalarining aktivlari aksinça kamayiş tendensiyasiga ega bölgan. Jumladan «Özbekneftegaz» AJ aktivlari 7,1 trln sömga (6,4 foiz), «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ aktivlari – 4,3 trln sömga (9,3 foiz), «Uzbekistan Airports» AJ aktivlari – 3,7 trln sömga (22,1 foiz), «Özmilliy bank» AJ aktivlari – 3,2 trln sömga (2,8 foiz), «Asakabank» aktivlari – 2,8 trln sömga (5,8 foiz), «Hududgazta’minot» AJ aktivlari – 0,6 trln sömga (4,9 foiz), «Navoiyazot» AJ aktivlari – 0,4 trln sömga (2,3 foiz) ga qisqargan.