2023 yil 25 avgustdan Özbekiston va Qirğiziston hukumatlari örtasida fuqarolarning özaro kelib-ketişlari töğrisidagi Bitimga özgartirişlar kiritiş haqida Bayonnoma kuçga kirdi. Uşbu bayonnoma 2023 yil 27 yanvar kuni Bişkek şahrida imzolangan edi.

Özbekiston taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, ikki davlat hududiga kiriş, undan çiqiş, tranzit ötiş, harakatlaniş va unda bölib turiş uçun identifikatsiya ID-kartasidan amalda foydalaniş – özaro kelişuvga köra, 2023 yil 1 sentabr soat 00:00dan boşlab yölga qöyiladi.

“Bayonnoma bilan kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, ikki davlat fuqarolari uçun Davlat çegarasini kesib ötişning soddalaştirilgan yagona tartibi joriy etildi. Jumladan, bundan buyon Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari 60 kungaça identifikatsiya ID-kartasi bilan ikki davlat hududlariga kirişlari, harakatlanişlari va unda bölib turişlari mumkin”, — deyiladi TIV bayonotida.

Şuningdek, Özbekiston fuqarolari xorijga çiqiş biometrik pasporti bilan ham Qirğizistonga kiriş, undan çiqiş va tranzit orqali boşqa davlatlarga ötişlari mumkin.