Saida Şavkatovna Mirziyoyeva Özbekiston Respublikasi prezidenti yordamçisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli farmoni imzolangan.

Şuningdek, Aziz Magrupov ham yangilangan tarkibda prezident yordamçisi lavozimini saqlab qolgan.

Saida Mirziyoyeva 1984 yilda Farğona viloyati Qöqon şahrida tuğilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvçisi, Toşkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi hisoblanadi.

Köp yillar davomida turli sohalarda, şuningdek, 2019-2020 yillarda Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining örinbosari bölib işlagan. 2020 yildan Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş fondi vasiylik kengaşi raisining örinbosari bölgan.

Saida Mirziyoyeva 2022 yil noyabridan buyon Prezident administratsiyasi ijro etuvçi apparati kommunikatsiyalar va axborot siyosati böyiça şu’ba mudiri lavozimida işlayotgandi.

  • Eslatib ötamiz, avgust oyi örtalarida Prezident administratsiyasida jiddiy özgarişlar amalga oşirilgan, prezident administratsiyasi rahbari lavozimi va boşqa quyi lavozimlar tugatilgan, Sardor Umrzoqov, Sunnatulla Bekenov va Furqat Rahimov öz lavozimlaridan ozod etilgandi.