Belarus hukumati «Vagner» jangçilariga ism va familiyalari özgartirilgan yangi pasportlar beryapti. Bu haqda 28 avgust, duşanba kuni Polşaning PAP agentligiga bergan intervyusida Belarus muxolifati yetakçilaridan biri Pavel Latuşko öz manbalariga tayanib aytib ötdi. 

Pasportlar bir oydan beri berilyapti

Uning aytişiça, bu amaliyot bir oydan beri davom etmoqda va u bu qöporuvçilik va teraktlar tayyorlaş bilan boğliq bölişi mumkinligini taxmin qildi. Latuşko sözlariga köra, u qança pasport berib bölingani haqida ma’lumotga ega emas. «Biz tasdiqlagan ma’lumotlarga köra, vagnerçilar Belarus pasportlarini, haqiqiy hujjatlarni olyapti, lekin, albatta, boşqa nomlarda. Şuning uçun ular Yevropa Ittifoqi hududiga çegara punktlari orqali kirişi mumkin», dedi belaruslik muxolifatçi. 

Unga köra, Belarusda bir neça ming XHK jangçilari qolmoqda, mamlakat rahbari Aleksandr Lukaşenko esa ularning katta sonini ta’minlaş uçun yetarli moliyaviy resurslarga ega emas. Şu bois, ularning bir qismi Afrikaga ketadi, ikkinçisi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzadi, qolganlari esa yo böşaydi yoki Belarusda qoladi, dedi Latuşko. 

Uning sözlariga köra, bir neça yuzlab «Vagner» XHK jangçilari Belarus Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolagan. «Variant sifatida ular Belarus qurolli kuçlarining maxsus operatsiyalar kuçlari tarkibida qoladi va kelajakda çegarada muammolar yaratiş uçun işlatilişi mumkin», deb hisoblaydi belaruslik siyosatçi. 

Yevropa Ittifoqi davlatlari Belarusdan uzoqlaşmoqda

Ayni paytda, Belarus bilan çegaradoş Yevropa Ittifoqi davlatlari umumiy çegaradagi çegara ötiş joylarini yopmoqda va çegara hududlarida qöşinlar guruhlarini kuçaytirmoqda. Xususan, Litva avgust oyida oltita yöl-nazorat punktidan ikkitasini yopdi. Şu tariqa, davlatlar Belarusda xususiy harbiy kompaniya asosçisi Yevgeniy Prigojinning muvaffaqiyatsiz isyonidan söng u yerga kelgan köp sonli «Vagner» jangçilari borligi haqidagi xabarlar yuzasidan çoralar körmoqda. 

Prigojinning 23 avgust kuni Tver viloyati uzra samolyot qulaşi paytida halok bölişi Polşa va Boltiqböyi davlatlarining rejalariga ta’sir qilmaydi, dedi Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy.