Şimoliy Koreya Janubiy Koreya böylab nişonlarga yadro kallaklari bölgan raketalar uçiriş simulyatsiyasini öz içiga olgan maşğulotlar ötkazdi, deb xabar bermoqda Reuters 31 avgust, payşanba kuni Koreya markaziy axborot agentligiga (KMAA) tayanib.
Koreya xalq armiyasi boş ştabining mahalliy televideniyedagi bayonotiga köra, Janubiy Koreyadagi «yirik qömondonlik markazlari va operativ aerodromlar»ga simulyatsiya qilingan yadro zarbalari Pxenyanning avgust oyi oxirida Janubiy Koreya AQŞ bilan hamkorlikda ötkazgan harbiy maşğulotlariga javobi böldi. Bu harakatlar KXDR tomonidan «AQŞning ogohlantiruvçi yadroviy zarba beriş rejalariga teng qadam sifatida baholandi», deya yozadi Reuters.
Maşqlar doirasida Pxenyan dengizga ikkita qisqa masofali ballistik raketa uçirdi, ular soxta nişonlardan 400 metr balandlikda havoda portladi. Bu AQŞ mintaqaga B-1 Lancer bombardimonçilarini joylaştirib, Seul bilan qöşma maşğulotlarning havo-desant qismini boşlaganidan bir neça soat ötib sodir böldi.
Maşğulotlar boşlanişidan biroz oldin Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In «harbiy sanoatning barça korxonalarini har xil turdagi qurol va jihozlarni ommaviy işlab çiqarişni jadallaştirişga» çaqirdi, deya xabar beradi KMAA. «Şuningdek, u qurol-yaroğ va texnikaning sönggi namunalaridan samarali foydalaniş maqsadida haqiqiy harbiy maşğulotlarni faol ötkazişga çaqirdi», — deyiladi agentlik xabarida.
AQŞdan qoçgan harbiy hamon KXDRda
Avvalroq KXDR rasmiylari amerikalik harbiy Trevis K.ning Janubiy va Şimoliy Koreya örtasidagi demarkatsiya çiziğini kesib ötişi bilan boğliq hodisa haqida bayonot bergan edi. Bu iyul oyi örtalarida sodir bölgan, şundan söng harbiy Şimoliy Koreya çegaraçilari tomonidan qölga olingan. Hozirda uning qayerdaligi noma’lum va AQŞ rasmiylari u bilan uçraşa olmayapti, çunki mamlakatlar örtasida diplomatik aloqalar mavjud emas.
Pxenyan bayonotiga köra, Trevis K. «tenglik yöq Amerika jamiyatidan hafsalasi pir bölgani uçun» mamlakatdan boşpana söraş maqsadida KXDRga noqonuniy ravişda kirganini aytgan. Şuningdek, KXDR ma’lumotlariga köra, amerikalik harbiy «AQŞ armiyasidagi ğayriinsoniy muomala va irqiy kamsitiş» haqida gapirgan.
Vaşington KXDR va Rossiya örtasidagi hamkorlik haqida xabar berişda davom etmoqda
Avgust oyi örtalarida AQŞ Vaşington Şimoliy Koreya va Rossiya örtasidagi qurol-yaroğ savdosi bilan boğliq deb hisoblagan uçta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi. AQŞ Moliya vazirligi ma’lumotlariga köra, uşbu kompaniyalarni nazorat qiluvçi Slovakiya fuqarosi Aşot Mkrtiçev KXDR va Rossiya örtasida Şimoliy Koreyaga tovarlar evaziga 20 dan ortiq turdagi qurol va öq-dorilarni Rossiyaga ötkaziş böyiça muzokaralar olib borgan.













