Respublika bolalar kutubxonasining qariyb 150 yillik tarixiy binosi öziga xosligini saqlab qolgan holda qayta ta’mirlanib, yana kitobsevarlar uçun öz bağrini oçdi. 200 mingga yaqin ma’naviy fondni saqlayotgan bino nafaqat klassik kutubxona, balki bolalar uçun boşqa köplab maşğulotlarga ham zamin böladi. Kun.uz muxbiri bolalar kutubxonasidan fotoreportaj tayyorladi.
31 avgust kuni Respublika bolalar kutubxonasining oçiliş marosimi bölib ötdi. 2020 yilda boşlangan ta’mirlaş işlarini “Ludi Architecs” me’morçilik byurosi loyihasi böyiça amalga oşirildi.


Kutubxona binosi boy tarixga ega. U XIX asr oxirlarida qöqonlik tadbirkorlar tomonidan qurilgan, köp ötmay bino sotib yuborilib, unga Toşkent şahar dumasi va Jamoat yiğini joylaşadi, turar joy qismi esa bolalar kutubxonasiga aylantiriladi.


Ötgan asrning 60 yillarida Alişer Navoiy nomidagi davlat kutubxonasining Ösmirlarga xizmat körsatiş bölimi bu yerga köçadi. Keyinçalik u töliq Respublika bolalar kutubxonasi tasarrufiga berilgan.


Ma’lum qilinişiça, kutubxonaning kitob fondi 1965 yildan boşlab şakllantirilib, 200 ming jildga yaqin naşrdan iboratdir. Qayta ta’mirlaş işlari mobaynida u kengaytirilib, yana 21 ming kitob qöşilgan. Bunda Islom, Yevropa va zamonaviy san’atga oid kitoblar jamlanmalariga alohida e’tibor qaratildi.
































































