Marokaş davlatida yuz bergan kuçli zilzila oqibatida köplab odamlar qurbon bölgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar körilgani sababli Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Marokaş podşohi Muhammad VI nomiga ta’ziya yölladi.
Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda soğayib ketişini tiladi.
9 sentabr kuni Marokaşda 7,2 magnitudali zilzila sodir böldi. Oqibatda köplab binolar vayron bölgani, mingga yaqin odam halok bölgani va jarohat olgani haqida xabar berildi. Hududda qutqaruv işlari boşlab yuborildi, jabrlanganlar soni yanada oşişi mumkin.


















