13 sentabr kuni Toşkentda “Xalqaro avtomobil transporti: barqaror rivojlaniş va farovonlik sari” nomli xalqaro konferensiya bölib ötdi. Unda 11 ta xalqaro taşkilot, 29 ta mamlakatdan 93 nafar delegatsiya vakillari iştirok etişdi. Unda xalqaro yuk taşuvlarida yuzaga kelayotgan muammolar, logistika masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Transport vazirligi departament rahbari Abdusamad Möminovning jurnalistlar savoliga javoban aytişiça, hozirda Özbekiston–Qirğiziston–Xitoy temiryöli loyihasini amalga oşiriş uçun pul topiş harakati ketyapti.

“Bugungi kunda taşqi savdoni rivojlantiriş, Özbekistonning eksport, import yuklarini taşqi dunyoga olib çiqiş uçun 6-7 ta marşrutlarimiz bor. Qöşimça ravişda alternativ variant sifatida bizda Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston multimodal koridoridan foydalanilmoqda.

May oyida prezidentning Tsian şahriga taşrifi çoğida kelişuvlar böldi. Şunda Özbekiston–Qirğiziston–Xitoy temiryöli qurilişi böyiça dastlabki texnik-iqtisodiy asos tayyorlandi. Hozirgi kunda uşbu loyiha uçun pul topiş harakati ketyapti. Hamda bu loyihani boşqariş şartlari kelişilyapti”, – dedi Abdusamad Möminov.

Vazirlik vakiliga köra, loyiha qiymati 5–7 mlrd dollar atrofida baholanyapti. Qurilajak temiryölda yiliga 8-10 mln tonna yuk, xususan tranzit yuklar taşilişi möljallanmoqda.

Möminov Termiz–Mozori Şarif–Kobul–Peşovar temiryöli loyihasi haqida ham gapirarkan, bugungi kunda bu yönalişda ham multimodal taşuvlar yölga qöyilgani, Özbekistonga Afğoniston hududi orqali kirib kelayotgan yuklar hajmi bir neça barobarga oşganini qayd etdi.

“Loyiha boşlaniş bosqiçida, texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaşimiz uçun dastlabki texnik topşiriq tayyorlanyapti. Buning uçun 3 ta tomon loyihaga pul jalb qilişni kelişyapti”, – dedi u.

“Tolibon” hukumatini heç bir davlat tan olmagani loyihaga xalqaro moliya taşkilotlarini jalb etişni qiyinlaştirmoqda.

“Töğri, loyiha uçun Jahon banki pul bermasligi mumkin, ammo boşqa xalqaro moliya intitutlari bor. Masalan, Osiyo taraqqiyot, Islom taraqqiyot banklari bor. Hozirda şular bilan işlanmoqda”, – dedi Transport vazirligi rasmiysi.