Germaniyada faoliyat yuritayotgan özbekistonlik energetika mutaxassisi Ravşan Xöjanov Özbekistonda energetika islohoti zarurati, buning mexanizmlari va differensial tariflar böyiça xorij tajribasi haqida sözlab berdi.
Özbekistonda 1 oktyabrdan boşlab yuridik şaxslar uçun yangi tariflar belgilanib, aholi uçun tariflar özgarmay qoladigan böldi. Rasmiylarga köra, bu özgariş investitsiyaga muhtoj sohaga xususiy investorlarni jalb qiliş va bozor mexanizmlarini kiritişga xizmat qiladi.
Aholi uçun tabaqalaşgan tariflar esa keyingi yil 1 maydan joriy etilişi. Köplab davlatlarda amal qiladigan bu tizim uyida eng köp energiya işlatadigan badavlat qatlamning davlat hisobidan arzon elektr va gazdan foydalanişiga çek qöyadi.
Bu özgariş fonida yuzaga kelayotgan savollarga javob oliş uçun Kun.uz Germaniyada energetika sohasida işlayotgan, hozirda Toşkentda bölib turgan mutaxassis Ravşan Xöjanov bilan suhbatlaşdi.
— Ravşan aka, siz bilan avvalroq qilgan intervyumizda energiya resurslari davlat hisobidan barçaga birdek arzonlaştirilgan narxda sotilişi notöğri ekani, badavlat qatlamdagilar köproq tölaşi kerakligi haqida gapirgandingiz.
Yaqinda energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov 2024 yil may oyidan boşlab aholiga tabaqalaştirilgan narxlarda elektr energiyasi yetkazib berilişi mumkinligini aytdi. Dastlab şunga munosabatingizni bilmoqçi edim.
– Albatta, bu yaxşi taşabbus deb öylayman. Bu amaliyot ança oldin boşlanişi kerak edi, lekin heçdan köra keç. Keç boşlangan bölsa ham öziga yaraşa sabablari mavjud. Birdaniga aholi uçun ijtimoiy me’yorlar, tariflar tabaqalaştirilgan tarzda joriy etiladigan bölsa, şok-terapiya bölib qolişi mumkin. Şuning uçun ança oldin tayyorgarlik körib, aholini xabardor qilib, turli bahs-munozara, uçraşuv, seminarlar ötkaziş maqsadga muvofiq böladi.
– Özi umuman tabaqalaştirilgan tariflar sohaga qançalik kerakligi haqida batafsil ma’lumot bera olasizmi? Bu borada xorijda qanday amaliyotlar qöllanadi?
– Faraz qiling, siz işlab çiqarayotgan mahsulotning tannarxi 450 söm (energetika vaziriga köra, 1 kWh elektr energiyasi tannarxi 800 sömdan oşadi – tahr.). Bu mahsulotni 300 sömga sotayotgan bölsangiz, 150 sömini kimdir qoplaşi kerak böladi. Bu yerda ham aholimiz uçun hukumatimiz 150 söm ortiqça narxini subsidiya tarzida, IESlar işlab çiqarayotgan elektr energiyaning umumiy tannarxini qoplab beradi. Albatta, bu jarayon uzoq davom etmasligi kerak. Agar bu narsa davom etadigan bölsa, bir kun öz salbiy natijalarini körsatişi mumkin. Şuning uçun narxlar har kim uçun har xil bölişi kerak.
















