1982 yil kuzda Krasnodar ölkasida joylaşgan Gelenjik şahri militsiyasiga şahardagi restoranlardan birida tunda mehmonlarga uyatli filmlar (pornografiya) qöyib berilayotgani haqida xabar tuşadi.

Militsiya xodimlari ertasi kuni tunda aytilgan manzilga borib, holatga özlari ham guvoh bölişadi. Öşa paytlarda SSSRga yapon videomagnitofonlari kirib kelgan edi.

Militsiya uyatli filmlarni namoyiş etayotgan guruhni uşlab bölimga olib boradi. Şunda guruh a’zolari bu işga «Temir Bella» ruxsat berganini aytişadi. «Temir Bella» Gelenjik şahar umumiy ovqatlaniş tresti rahbari Berta Borodkina edi.

Köp ötmay «Moskvagaça gapi ötadigan» Berta Borodkina hibsga olinadi va 1983 yilda sud hukmi bilan ölim jazosiga hukm qilinadi. Turli manbalarda ayolning jazolanişi turliça yozilgan.

Ba’zilar u 1983 yil avgustda Novoçerkassk şahridagi qamoqxonada otib öldirilgan desa, boşqasi hukm 1985 yilda ijro etilganini ta’kidlaydi.

SSSRda Stalin davridan söng 1991 yilgaça uç nafar ayolga oliy hukm – ölim jazosi berilgan. Ulardan biri Berta Borodkina edi.

Yana biri uruş paytida nemislar foydasiga sotqinlik qilib, uzoq yillar panada yurgan Antonina Makarova, uçinçisi bir neçta qotillik sodir etgan Tamara Ivanyutina edi.

Biroq Berta Borodkina na davlatga xiyonat qilgan, na qotilllik. Şu sababli aksariyat huquqşunoslar unga çiqarilgan hukm nohaq bölgan deb hisoblaşadi.

Çunki, 1964 yildan söng SSSR jinoyat kodeksidan iqtisodiy jinoyatlar va poraxörlik uçun ölim jazosi beriş bekor qilingan edi. Şu sababli ham Bertaning qatl etilişini köproq Moskvada ötirgan amaldorlar xohlaşgan degan taxmin haqiqatga yaqinroq.

Sovetlar doimiy ravişda öz fuqarolariga «SSSR eng zör va eng farovon davlat. Bu yerda jinoyatçilik yöq deb uqtirişgan, tarğibot olib borgan. Aslida esa bunday emasdi.

Mamlakatda öğirliklar, davlat mulkini talon-toroj qiliş, qotilliklar avj olgan, biroq ularning aksariyati haqida ommaga umuman xabar berilmasdi.

Şu jumladan, Berta Borodkina bilan sodir bölgan iş haqida faqat tor doirada ayolning yaqinlari va uning mijozlari bölgan amaldorlar bilişadi xolos.

Ayol haqidagi barça ma’lumotlar, uning hibsga olinişi, tergov va sud, ölim jazosiga hukm qilinişi haqida omma 1991 yil SSSR parçalanib ketgaç xabar topadi.